"Yuventus" Miralem Pyanichning yozda klubga qaytishidan manfaatdor, ammo Turin klubi buning uchun ko‘p narsaga tayyor emas.
Bosniyalik o‘tgan yili "Barselona"ga transfer qilindi, ammo xarid kataloniyaliklar uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi - futbolchi yangi mavsumda Ronald Kuman rejalariga kiritilmagan.
"Barsa" Pyanichni "Yuve"ga ijaraga berishga tayyor, ammo Turin klubi futbolchining maoshi shartnoma yopilishidan oldin qisqartirilishini xohlamoqda. "Byankonerilar" Pyanichga bir mavsum uchun 5 million yevrodan ortiq maosh to‘lay olmaydi.