Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Ronaldu «Real»ga qaytadimi? Futbolchi masalaga oydinlik kiritdi

Ronaldu «Real»ga qaytadimi? Futbolchi masalaga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkinligi, Karlo Anchelotti uni Madridga chorlayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Portugaliyalik futbolchining o‘zi masalaga oydinlik kiritdi.

“Meni yaxshi biladiganlar ishimga qanchalik sinchkovlik bilan yondoshishimdan xabardorlar. Kamroq gap, ko‘proq ish - bu faoliyatim boshidan beri shiorim bo‘lib keladi. Biroq, so‘ngi paytlarda gapirilgan va yozilganlardan kelib chiqib o‘z pozisiyamni qayd etib o‘tmoqchiman. Menga ham inson, ham futbolchi sifatidagi hurmatsizlikdan ham yomon holat bor. Ya’ni, kelajagimning yengiltaklik bilan yoritilishi o‘sha tilga olinayotgan klublar, undagi ishchilar va o‘yinchilariga nisbatan kattaroq hurmatsizlikdir.

Mening "Real"dagi tarixim yozib bo‘lingan. So‘zlarda, raqamlarda, video-yozuvlarda va sarlavhalarda qayd etilgan. Bular "Bernabeu" muzeyida va klubning har bir muxlisi qalbida saqlanadi. Erishganlarimdan tashqari, shu 9 yil davomida "Real"ga nisbatan qattiq mehr va hurmat his etganman. Bu tuyg‘ularni hozirgacha saqlab kelaman va qadrlayman. Bilamanki, "Madrid" muxlislari ham doim mening siymoyimni yuraklarida saqlashadi. Men esa ularni.

Ispaniya voqeasidan tashqari boshqa ligalar klublari bilan bog‘liq yangilik va hikoyalar paydo bo‘ldi. Hech kim xaqiqatni aniqlashtirishni o‘ylamadi. Men odamlarni nomim atrofidagi ishlardan tiyilishga chaqirib, jimlikni buzyapman. Men faoliyatim va ishimga diqqatimni qaratib, bunga o‘zimni bag‘ishlab, yo‘limda chiqqan sinovlarni yengishda davom etaman. Qolgani-chi? Qolgani shunchaki gap-so‘z”.

P.S. Bu yerda Ronaldu bilib bilmay ma’lumot tarqatuvchilarga qarata gapirgani tushunarli. Sal mavhum qolgani "Yuventus" so‘zi ishlatilmaganidir. Bayonot javobdan ko‘ra savollarni ko‘paytirdi. "Real" uning uchun tarixda qolganini tushundik, lekin klubga nisbatan hamon tuyg‘ulari borligini aytyapti. Menimcha, uning "Real" bilan munosabatiga nimadir yoki kimdir to‘sqinlik qilmoqda. Ana shu messejni sezgandek bo‘ldim. Kim? Kimki Ronaldudan katta qudratga ega.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 06:14, 18.08.2021.
O'qildi: 12052 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.