Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

So‘nggi daqiqalar, qayta-qayta penalti (video)

So‘nggi daqiqalar, qayta-qayta penalti (video)

Baho:
+ | -

Kanadaning «Monreal» klubi MLS doirasidagi o‘yinda «Nyu-York Red Bullz»ni 2:1 hisobida yengdi.

Uchrashuvning asosiysi voqeligi - so‘nggi daqiqada ko‘rsatilgan penalti va uning ijrosi. AQSH klubi kiperi Karlos Koronel 90+3-daqiqada berilgan birinchi zarbani to‘sdi. Biroq VAR aralashuvidan so‘ng referi penalti qayta tepilishi kerakligiga ishora qildi - darvozabon to‘p tepilishidan oldin qadam tashlab, qoidani buzgan ekan. Qarangki, Koronel takroriy urinishdan keyin ham to‘pni qaytardi, vaholanki, u boshqa burchakka tepilgandi. Biroq referi yana darvozabonni qoidaga xilof tarzda ish tutganini qayd etdi, kamiga bu safar unga «sariq» ham berdi. Uchinchi zarbada esa Karlos qadam tashlagani yo‘q, lekin shunda ham, to‘p yo‘nalishini topdi. Faqat Viktor Vanyamaning uchinchi urinishi samarali chiqdi - to‘p darvozabon qo‘liga tegib, ichkariga kirdi...

Koronel penalti dramasidagina ko‘zga tashlangani yo‘q. U 16-daqiqada chinakam takrorlanmas «seyv» ko‘rsatgandi. Umuman, Nyu-York klubi 71-daqiqagacha hisobda oldinda bordi, lekin yakunda... Jamoa bosh murabbiyi Gerxard Shtruber penaltilar ketma-ketligidan jig‘ibiyron bo‘ldi, albatta: «Hakam o‘z ishini uncha yaxshi bajarolmadi, to‘g‘ri, bizda ham ayb bor - o‘yinni yaxshiroq nazorat qilishimiz kerak edi». «Nyu York Red Bullz» ayni payt Sharqiy konferensiya turnir jadvalida atigi 9-o‘rinni egallab turibdi.

Karlos Koronelga kelsak, 24 yoshli darvozabon 2017 yildan buyon huquqiy hihatdan «Zalsburg»ga tegishli. MLSga «sayohat» Koronel uchun Avstriya klubidan ikkinchi ijara safari hisoblanadi. U joriy mavsum okean ortida 18ta o‘yinda ishtirok etib, 24ta gol qo‘yib yubordi. Shunday kiperga ega «Nyu-York Red Bullz» qatorasiga 7ta o‘yindan buyon g‘alaba ko‘chasiga kirmayapti. Muxlislar esa Koronelni mashhur Yeji Dudekka o‘xshatishmoqda. Har holda, polshalik sobiq kiper ham penalti to‘sishda benazir edi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:38, 21.08.2021.
O'qildi: 2980 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик