Uels terma jamoasiga sentyabr oyidagi Jahon chempionati saralashida Garet Beyl sardorlik qiladi. Bu haqda jamoa ustozi Robert Peyj aytib o‘tgan. Yevropa chempionatidan keyin Beylning termadagi kelajagi so‘roq ostida qolgan edi.
U boshchiligidagi mamlakat jamoasi nimchorak finalda Daniyaga imkoniyatni boy bergan. Uels terma jamoasining keyingi o‘yini 1 sentyabr kuni Finlandiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi maqomida kechadi. Ushbu bahsda Beyl ishtirok etishi belgilangan.