Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem 2-2 Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas 0-2 Jirona
27/04 18:00 Lechche 1-1 Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted 1-1 Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton 2-1 Luton
27/04 19:00 Fulhem 1-1 Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl 5-1 Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya 1-3 Xetafe
27/04 21:00 Yuventus 0-0 Milan
27/04 21:30 Everton 1-0 Brentford
27/04 21:30 Alaves 3-0 Selta
27/04 23:45 Lasio 1-0 Verona
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya

Bir chempionatda eng ko‘p gol kiritgan yulduzlar (top-5)

Bir chempionatda eng ko‘p gol kiritgan yulduzlar (top-5)

Baho:
+ | -

Zamonaviy futbolda futbolchilarning bir jamoadan boshqasiga o‘tishi odatiy holat hisoblanadi. Lekin tarixga nazar soladigan bo‘lsak, bir jamoadan boshqasiga o‘tmagan o‘yinchini ham uchratish mumkin.
 
Bir jamoada ko‘p yil faoliyatini davom ettirgan futbolchilar bitta ligada muvaffaqiyat qozonishadi va natijalarini boshqa joyda takrorlay olmaydilar. Shu bois, ular shu mamlakatda qolib, karyeralarining katta qismini o‘tkazadilar. Shu munosabat bilan bir chempionatda eng ko‘p gol urgan besh futbolchi faoliyatiga nazar tashlaymiz.

5 o‘rin. Krishtianu Ronaldu (La Liga) – 311 ta gol

Krishtianu Ronaldu, shubhasiz, barcha davrlarning eng buyuk futbolchilaridan biri. U, shuningdek, “Real Madrid” tarixidagi eng buyuk futbolchi bo‘lishga ham bemalol da’vogarlik qilsa bo‘ladi. Portugaliyalik futbolchi “Real Madrid”ning Chempionlar Ligasidagi so‘nggi to‘rtta g‘alabasida to‘purar bo‘lgan.

Yevropa elitasi musobaqalarida muvaffaqiyat qozonganiga qaramay, u Ispaniya chempionatida ham super natijalar qayd etgan. Ronaldu “Real”ga ayniqsa “Barselona” ustidan qozonilgan muhim bahslarda yordam bera olgan.

Ispaniyada 9 mavsumini o‘tkazgan 36 yoshli futbolchi La liga doirasida “Los-Blankos” tarkibida 292 o‘yin o‘tkazib, 311 gol urishga erishgan. E’tibor bering, Ronalduning gollari soni o‘tkazgan uchrashuvlaridan-da ko‘proq.

4-o‘rin. Stiv Blumer (Angliya futbol ligasi birinchi divizioni) - 314 ta gol

Stiv Blumer XIX asr oxiri XX asr boshlarida eng yaxshi to‘purarlardan biri bo‘lgan va uning natijalari bugungi kungacha esga olinadi. Aqlli hujumchining qisqa masofadan yo‘llagan zarbalari darvozabonning dahshatli tushi bo‘lgan.

U Angliya terma jamoasida ham samarali o‘yin ko‘rsatgan. Atigi 23 o‘yinda maydonga tushib, 28 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Angliya chempionatida 536 o‘yinda 314 golni u “Derbi Kaunti” va “Midlsbro” jamoalari safida urgan. Faoliyatini yuz yil ilgari o‘tkazgan futbolchi haqida ma’lumotlar u qadar ham ko‘p saqlanib qolmagan.

3-o‘rin. Jimmi Grivz (Angliya futbol ligasi birinchi divizioni) – 357 ta gol

Angliya va “Tottenxem” afsonasi Jimmi Grivz Angliya futbol ligasining birinchi divizionining o‘z davridagi eng yaxshi hujumchilaridan biri. U 516 o‘yinda 357 ta gol urib, Angliya yuqori divizioni tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Grivz olti marta chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. U dastlab “Chelsi” safida 124 ta gol urib, “Milan”ga o‘tib ketgan. U yerda o‘yini chiqmagach mavsumning yarmidan so‘ng o‘z vataniga “Tottenxem”ga qaytadi va “shporlar”ning barcha zamonlardagi eng yaxshi to‘purariga aylanadi.

Griv keyinchalik “Vest Hem Yunayted”da ham to‘p tepgan. Ichkilikka berilib ketishi natijasida futbolchi faoliyatini yakunlagan.

2-o‘rin. Gerd Myuller (Bundesliga) – 365 ta gol

Buyuk Gerd Myullerning vafotiga ko‘p vaqt bo‘lmadi. Uning yodi uchun futbol hamjamiyati hurmat bajo keltirdi. Myuller faoliyatining oxirigacha ham himoyachilarning dahshatli tushi bo‘lib kelgan.

U 427 uchrashuvda 365 ta gol bilan Bundesliganing eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Myuller 1970 yilgi jahon chempionati “Oltin butsa”sini ham qo‘lga kiritgan, o‘sha turnirda u 10 ta gol urgan edi.

Oradan ikki yil o‘tib Myuller Yevropa chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylandi va G‘arbiy Germaniya safida finalda ikkita gol kiritib jamoasining chempionligiga munosib hissa qo‘shdi. “Bavariya” afsonasi 1974 yilgi jahon chempionatida to‘rtta gol urib, Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Myullerning Bundesliga bir mavsumida eng ko‘p gol urish (40) rekordini Robert Levandovski 2020/21 yilgi mavsumda yangiladi. Polsha terma jamoasi futbolchisi 41 ta gol urdi va Myullerning 39 mavsum saqlanib turgan rekordini yangiladi.

1-o‘rin. Lionel Messi (La Liga) – 474 ta gol

Yuqorida barcha davrlarning eng yorqin yulduzi jumlasi bir necha marotaba takrorlandi. Lekin mana endi haqiqiy egasiga yetib keldi, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Lionel Messi XXI asrdagi “Barselona” ning timsoli. Afsonaviy argentinalik klubdagi 16 yillik faoliyatini yakunlab, PSJ safiga borib qo‘shildi.

Messi La liga doirasida 520 o‘yinda “Barselona” safida 474 gol urishga erishdi. Messi “Barselona” bilan 10 marta La Ligada va 4 marta Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi.

“Barselona” tarixiga nazar solar ekanmiz klubga bu qadar ta’sir o‘tkazgan boshqa futbolchini uchratmaysiz. To‘g‘ri, jamoada afsonalar harakat qilgan, lekin ularning hech biri Messi ko‘rsatgan o‘yinni namoyish qilolmagan.

Ruslan Maksimov tayyorladi

Kiritildi: 22:10, 24.08.2021.
O'qildi: 9138 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.