Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Har doim yuqori darajadagi jamoada o‘ynashni xohlaganman». «Roma» Eldor Shomurodov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazdi

«Har doim yuqori darajadagi jamoada o‘ynashni xohlaganman». «Roma» Eldor Shomurodov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazdi

Baho:
+ | -

«Roma» jamoasi Eldor Shomurodov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazdi. O‘zbekistonlik futbolchi jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Katta klubga 26 yoshida kelib qo‘shilgani haqida

Avvalo aytishim kerakki, men yildan yilga rivojlanishga, o‘zimning eng yaxshi xislatlarimni namoyon etishga harakat qilyapman. Har doim yuqori darajadagi jamoada o‘ynashni xohlaganman. Ozroq kech bo‘lsa ham o‘z maqsadimga erishdim. Bu yerga yaxshi jihatlarimni namoyish etish uchun keldim. Jamoa bilan qandaydir sovrin qo‘lga kiritmoqchiman.

Abraham bilan birga o‘ynay olishi haqida

Bungacha qanot hujumida va markaziy hujumda o‘ynaganman, shuning uchun ikkala pozisiyada ham o‘zimni yaxshi his qilaman. Albatta, Abraham bilan birga o‘ynay olamiz. Asosiysi, g‘alaba qozonish va jamoaga yordamimiz tegishi.

Yangi jamoasidagi maqsadlari haqida

Boya aytganimdek, bungacha faqat o‘z maqsadimga erishish haqida o‘ylaganman va top-jamoaga o‘tishni xohlaganman. Bugun men katta jamoadaman. Endi har bir o‘yinda g‘alaba qozonish va sovrin qo‘lga kiritish zarur. Bu yerda ko‘plab muxlislar bor, ularni xursand qilish kerak. Janob (Mourinyo) bilan barchasi o‘xshaydi va biz sovrin yutamiz, deb o‘ylayman.

Joze Mourinyo bilan qanday aloqalari borligi haqida

Ha, biz ikki yil oldin Joze bilan Moskvada uchrashgandik. Joze «Roma» murabbiyiga aylangach, menga qiziqish bo‘layotganini aytishdi. Darhol rozi bo‘ldim. Birinchidan, «Roma» — katta jamoa va doim oldiga ulkan maqsadlar qo‘yadi. Ikkinchidan, janob (Mourinyo) dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Men u kishi bilan ishlashni xohladim. Bu ham Rimga kelishimda katta rol o‘ynadi.

Jamoadagi debyuti muvaffaqiyatli chiqishini kutmagani haqida

O‘zimni yaxshi jihatlarimni namoyish etishni xohlayman. Bu esa o‘ylaganimdan yaxshiroq chiqdi. Shu ruhda davom etish kerak va muxlislarni xursand qilish zarur. Jamoaga g‘alabaga erishish uchun yordam berish kerak.

Ma’lumot o‘rnida. Eldor Shomurodovni «Jenoa»dan 17,5 million yevro evaziga «Roma»ga o‘tdi. Shomurodov Rim jamoasidagi rasmiy debyutini Konferensiyalar ligasida «Trabzonspor»ga qarshi o‘yinda o‘tkazdi. Dastlabki uchrashuvdayoq Eldor o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. A Seriyada esa «Fiorentina»ga qarshi 1-tur o‘yinida Shomurodov golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:30, 26.08.2021.
O'qildi: 5896 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.