Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanes bilan uchrashdi

O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanes bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘FA tomonidan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash maqsadida xorijiy va mahalliy murabbiylar nomzodi sinchikovlik bilan o‘rganib chiqildi. Murabbiylar kengashi hamda mutaxassislar tahlil va tavsiyasiga ko‘ra sloveniyalik tajribali murabbiy Srechko Katanes nomzodi ma’qul deb topildi.

O‘FA rahbari Srechko Katanes boshchiligidagi Milliy terma jamoamiz murabbiylar shtabiga O‘zbek xalqining azaliy orzusi hisoblangan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasini qo‘ydi. Bu yo‘lda kelajakni ko‘zlab, yosh, iste’dodli, kurashuvchan va vatanparvar futbolchilardan iborat raqobatbardosh tarkibni shakllantirish zarur ekanligini a’lohida ta’kidladi.

O‘z navbatida, Srechko Katanes ishonch va imkoniyat uchun O‘FA rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi hamda bor bilim va tajribasini ishga solgan holda har bir o‘yinda jamoani faqatgina g‘alaba tomon yetaklashini aytib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida, bugun Srechko Katanesning O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shartnomaga ko‘ra, sloveniyalik mutaxassis 2025 yilga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:30, 27.08.2021.
O'qildi: 2754 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик