Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Srechko Katanes: «Maqsadimiz JCHga chiqish, ammo ungacha qilinadigan ishlar juda ko‘p»

Srechko Katanes: «Maqsadimiz JCHga chiqish, ammo ungacha qilinadigan ishlar juda ko‘p»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Srechko Katanes ishtirokida ilk matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumani avvalida O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov nima uchun sloveniyalik mutaxassis varianti tanlangani haqida gapirdi.

"O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyini tayinlash uchun juda ko‘p izlanishlar olib borildi. Biz 30 dan ortiq murabbiyni ko‘rib chiqdik. Ular orasida taniqli murabbiylar ham bor edi. Ammo faxriylar va murabbiylar kengashi murabbiyni tanlashda aniq kriteriyani belgilab berdi. Bunda murabbiy terma jamoada ishlash bo‘yicha tajribasi bo‘lishi va Yevropa futbolini yaxshi bilishi kerak edi. Shuningdek, u murabbiy O‘zbekistonda ishlashga xohishi bo‘lishi kerak. Bosh murabbiy doimiy ravishda O‘zbekistonda bo‘lishi va barcha ligalar o‘yinlarini kuzatib borib borishi kerak. Aynan shu asosiy talablardan biri. Murabbiyning xarakteri ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, o‘rta yoshdagi odam bo‘lishi kerak edi. Biz moddiy tomonini ham hisobga oldik. Shundan so‘ng mana shu kriteriyalarga to‘g‘ri keladigan to‘rt, besh nafar mutaxassis qoldi. Ular orasidan Srechko Katanes variantini tanladik. U yurtimizga kelib bilan stadionlarni borib ko‘rdi, hatto jamoalarning mashg‘ulotlariga ham bordi", — dedi Ermatov.

Shundan so‘ng Katanes ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Murabbiylar shtabimiz bilan shu yerda ekanimdan xursandmiz. O‘FA rahbariyatiga ishonch uchun rahmat demoqchiman. Maqsadimiz Jahon Chempionatiga chiqish, ammo ungacha qilinadigan ishlar juda ko‘p. Yosh va kuch-quvvatga to‘la jamoa tuzishimiz lozim. Matbuot vakillarining ham yordami kerak bo‘ladi. Jamoa yutganida ham, yutqazganida ham qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rab qolaman.

O‘zidan oldingi murabbiylarning xatosi nimadan iborat bo‘lgani haqida

Biz atigi 1 hafta oldin O‘zbekistonga keldik. Oldimizda turgan asosiy vazifa — Jahon Chempionatiga chiqish. Ko‘plab yoshi katta futbolchilar terma jamoadan ketdi, ularining o‘rnini yoshlar bilan to‘ldirish kerak. Mendan avvalgi murabbiylar haqida gapira olmayman. Buni siz yaxshi bilasiz. Terma jamoada men degan narsa bo‘lmasligi kerak, aksincha, hamma birlashib harakat qilish lozim.

Agar 2023 yilgi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatsiz ishtirok etilsa, hamkorlik davom etadimi?

Futbolda ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi, men esa hatto o‘rtoqlik o‘yinida ham g‘alaba qozonishni istayman. Jamoa ham shunday bo‘lishini xohlayman. Albatta, Osiyo Kubogida ham yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz. Agar yomon qatnashsak, nima bo‘lishini rahbariyat hal qiladi, men emas.

O‘zbekiston terma jamoasini o‘rganib chiqqani haqida

O‘FAdan taklif tushganidan keyin juda ko‘p tahlil qildim. Agar jamoa murabbiyni almashtirayotgan bo‘lsa, demak nimadir yaxshi ketmayotgan bo‘ladi. O‘zbekiston terma jamoasi deganda xayolimga yaxshi saviyadagi futbolchilar kelardi. Futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash kerak.

Futbol jamoatchiligi bilan aloqa o‘rnatishi muhimligi haqida

O‘zbek futboli jamoatchiligi bilan aloqani o‘rnatish juda muhim. Futbol muhitini aynan ular yaratadi. Yutamizmi yoki yutqazamizmi sizlar tanqid qilishga haqlisiz. Agar nimadir o‘xshamasa, buni to‘g‘ri qabul qilaman. Ammo har doim sizlar bilan birgalikda yo‘l topib ishlashga umid qilaman. Maqsadimiz har bir o‘yinda g‘alaba qozonish. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda – Facebook yoki Instagramda sahifalarim yo‘q. Chunki buning uchun vaqtim yo‘q. Ammo OAV uchun doim ochiqman va birga ishlashga tayyorman.

Terma jamoa shtabida mahalliy murabbiylar bo‘lmasligi haqida

Birinchi oylarda bizga konsultant kerak bo‘ladi. Keyinchalik o‘zimiz davom ettiramiz. Birinchi navbatda menga yaxshi tarjimon kerak bo‘ladi. U men bilan birga yashashi va xafa bo‘lsam, xafa bo‘lishi kerak. Shundan keyin futbolchilar bilan bir tilda – futbol tilida gaplasha olamiz.

Terma jamoani tuzishda tanish-bilishchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligi haqida

Bunday holatlarga umuman yo‘l qo‘yilmaydi. Boshqa jamoalarda shunday vaziyatlar bo‘lgan, ammo men bunga yo‘l qo‘ymaganman. Qandaydir bosim ostida tarkib shakllantirish kerak bo‘lsa, uni tarkibga qo‘shmayman. Masalan, Sloveniya prezidenti o‘yinimizga shunchaki tomoshabin sifatida kelardi.

Eslatib o‘tamiz, O‘FA Katanes bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Biroq uning qancha maoshi olishi ma’lum qilinmadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:14, 27.08.2021.
O'qildi: 4313 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик