Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

APL. «Liverpul» - «Chelsi» bahsi uchun prevyu

APL. «Liverpul» - «Chelsi» bahsi uchun prevyu

Baho:
+ | -

Mersisayd va London klublari o‘rtasidagi bahs «Enfild» stadionida o‘tkaziladi.

«Liverpul» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasidagi bahs oldidan qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Diogu Jota bugungi o‘yinda gol ursa, «Chelsi»ga qarshi ilk 3 APL bahsida gol kiritgan mersisaydliklar safida to‘rtinchi futbolchiga aylanishi mumkin. Bunga qadar Robbi Fauler (1994/95), Daniyel Starrij (2013/14) hamda Sadio Mane (2017/18) ushbu ishlarni uddalashgan.

«Liverpul» «Chelsi»ga qarshi oxirgi 13 Premyer-Liga bellashuvida ikki marta yutqazib qo‘ygan (6 g‘alaba, 5 durang). Mag‘lubiyatlardan biri shu yilning mart oyida kuzatilgan edi.

Faqatgina MYU «Liverpul» maydonida «Chelsi»dan (7) ko‘proq g‘alabaga erishgan — 12.

Romelu Lukaku APL doirasidagi «Liverpul»ga qarshi ilk 4 o‘yinda shuncha gol kiritgan bo‘lsada, oxirgi 11 bahsda «qizillar» darvozasini faqatgina 1 bor ishg‘ol qilgan.


Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Entoni Teylor

Qanot hakamlari: Geri Besvik, Adam Nunn

Zaxira hakami: Kreyg Pouson

VAR: Kris Kavanag

VAR yordamchisi: Shon Messi-Ellis


Taxminiy tarkiblar

Liverpul - Alisson, Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Keyta, Henderson, Fabinyo, Mane, Jota, Salah

Chelsi - Mendi, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Alonso, Jeyms, Kante, Jorjinyo, Maunt, Haverts, Lukaku.


Yo‘qotishlar

«Liverpul» safida Jeyms Milner (so‘roq ostida) va Kurtis Jons jarohatlari bois maydonga tusha olishmaydi.

«Aristokratlar»da esa Ruben Loftus-CHik va Kristian Pulishich boshqa sabablarga ko‘ra «Liverpul»ga qarshi o‘yinda qatnasha olishmaydi.


Raqamlar

«Liverpul» APLning oxirgi 7 o‘yinida g‘alaba qozongan.

«Liverpul» APL doirasidagi so‘nggi 7 bellashuvda kamida ikkitadan gol urishga erishgan.

«Liverpul» Premyer-Ligada oxirgi 4 uchrashuvda "quruq o‘yin" o‘tkazgan va darvozasidan birorta to‘p olib chiqmagan.

«Liverpul» APLdagi oxirgi 7 bahsning oltitasida ham birinchi bo‘lim ham to‘liq o‘yinda g‘alaba qozonib kelmoqda.

«Chelsi» APLda oxirgi 10 bellashuvning to‘qqiztasida mag‘lubiyatga uchramagan.


Jamoalar APLda o‘zaro 58 marta uchrashishgan. Shulardan 23 bahsda «Liverpul» g‘alaba qozongan, 21tasida «Chelsi» ustun kelgan va 14 o‘yinda g‘olib nomi aniqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» - «Chelsi» o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:08, 28.08.2021.
O'qildi: 3183 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.