Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Arsenal" futbolchisi Benitez e’tiboriga tushgan

"Arsenal" futbolchisi Benitez e’tiboriga tushgan

Baho:
+ | -

"Everton" klubi transferlar oynasi yakuniga yetmasidan oldin "Arsenal" futbolchisi Eynsli Meytlend-Naylzni ijaraga olmoqchi. Ishonchli manbalar xabariga ko‘ra, 23 yoshli ingliz Rafa Benitezni e’tiboriga tushgan.

London klubi ham bir nechta futbolchilari singari Naylzni ham qo‘yib yuborishga qarshi emas. Himoyachi o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini "Vest Brom"da ijarada o‘tkazgan. U ijarada asosan markaziy himoyaga qo‘yilgan bo‘lsa ham aslida o‘ng qanot himoyachisi hisoblanadi.

"Everton" ustozi Benitez ham aynan o‘ng qanot mudofaasi uchun yaxshi o‘yinchi izlamoqda. Futbolchi Londonda 2023 yilgacha bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Avvalroq Meytlend-Naylzga "Lester" qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: teamtalk.com
Kiritildi: 15:43, 28.08.2021.
O'qildi: 1552 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик