Jahon futboli yulduzlari Xitoy Superligasidan yoppasiga yuz o‘girishmoqda. Bunga mamlakat futbolida qo‘llanilayotgan moliyaviy cheklovlar sababdir. Bundan bir necha yil avval Xitoy elit ligasi klublari futbol bozorida katta larzani yuzaga keltirib, Yevropa va Lotin Amerikasidan ko‘zga ko‘ringan o‘yinchilarni birin-ketin taklif qilishga tushgandi. Ammo 2020/2021 yillar mavsumiga kelib, yulduzlar ommaviy ravishda Xitoydan ortga qayta boshlashdi. Ayni payt mahalliy Superligada Oskar, Maruan Fellayni va bir qator saviyasi uncha yuqori sanalmagan legionerlar qolishdi, xolos...
Gap shundaki, 2021 yili Xitoy Superligasining rivojlanish vektori o‘zgartirildi. Jumladan, yanvar oyidan e’tiboran futbolchilarga maosh to‘lash masalasida yangi cheklovlar joriy etildi. Ayni shu omil xorijliklarni mahalliy ligadan qochishlariga sabab bo‘ldi. Yulduzlarni ketishga majbur qilgan yangi qoidaning asosi: legionerlar uchun to‘lanadigan yillik maosh miqdori 3 million yevrodan oshmasligi kerak (bonuslar hisobga olinmaydi). Oddiy misol, «Shanxay SIPG»ning braziliyalik yarim himoyachisi Oskar shuncha pulni atigi 7 haftada topardi (haftasiga chamasi 450 ming yevro). Klublar faqat amalda shartnomasi bor legionerlarga avvalgi tizim bo‘yicha maosh to‘lashi mumkin. Bunda 3 yilgacha bo‘lgan shartnomaga ko‘ra, cheklovdan chetga chiqish imkoni bor.
Shuningdek, umumiy cheklovga moslashish lozim — butun jamoa uchun chamasi 75 million yevro (600 million yuan) ajratilgan, shundan faqat 10 millioni legionerlarga sarflanishi mumkin. Bu yerda asosiy «syurpriz» — ish haqi bo‘yicha barcha xarajatlar, jumladan, bonuslar ham umumiy cheklov ichida. Agar maosh to‘lovi belgilangan me’yordan oshib ketsa, jamoa 24 ochkodan mahrum qilinadi va hattoki, futbolchi Xitoy bayrog‘i ostidagi musobaqalardan chetlashtirilishi ham mumkin. Ammo legionerlar uchun limit yumshatildi — 5 nafar xorijlikni ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan 4 nafarini bir vaqtda maydonga tushirishga ruxsat berildi.
Shunga qaramay, mahalliy mutaxassislar klublarning yangi qoidalardagi bo‘shliqlarni osongina topishiga shubhalanishmayapti, xuddi 2018 yili Sedrik Bakambu transferi bilan bo‘lgani kabi. O‘shanda «Vilyarreal» futbolchi uchun 40 million yevro olgandi, biroq mablag‘ xaridor klub emas, balki uchinchi shaxs tomonidan to‘langan. «Pekin Guoan» shu tariqa soliq to‘lovidan qochgandi, chunonchi, klub hujjatlarda transferga pul sarflamagan. Biroq endi bunday «hiyla» bilan futbolchilarni ishontirish qiyin-ov...
Qish-2020
Yaya Ture
Faoliyatini tugatdi
Esekyel Lavessi
Faoliyatini tugatdi
Xavyer Maskerano
«Estudiantes»ga o‘tdi
Yannik Ferreyra Karrasko
«Atletiko»ga o‘tdi (ijara)
Yoz-2020
Karlos Jil
«Korintians»ga o‘tdi
Freddi Guarin
«Vasko da Gama»ga o‘tdi
Eran Zaxavi
PSVga o‘tdi
Avvalroq ketganlar
Jekson Martines
Erkin agent
Jervinyo
Erkin agent
Aleshandro Pato
Erkin agent
Xonatan Soriano
Erkin agent
Demba Ba
Erkin agent
Ramires
Erkin agent
Aksel Vitsel
«Borussiya» (D.)ga o‘tdi
Qish-2021
Xalk
«Atletiko Mineyro»ga o‘tdi
Aleks Teysheyra
Erkin agent
Salomon Rondon
SSKA (M.)ga o‘tdi (ijara)
Stefan al Shaaravi
«Roma»ga o‘tdi
Grasiano Pelle
«Parma»ga o‘tdi
Odion Igalo
«Al-SHabab»ga o‘tdi
Marek Gamshik
«Trabzonspor»ga o‘tdi
Yoz-2020
Paulinyo
«Al-Ahli»ga o‘tdi
Anderson Taliska
«Al-Nasr»ga o‘tdi
Eder
«San-Paulu»ga o‘tdi
Renato Augusto
«Korintians»ga o‘tdi
Romulo
«Vasko da Gama»ga o‘tdi