Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Eng yaxshi bokschi, eng yaxshi hakam yoxud Osiyo chempionati benefisimizga aylandi

Eng yaxshi bokschi, eng yaxshi hakam yoxud Osiyo chempionati benefisimizga aylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. O‘smirlarimiz ortidan yoshlar jamoamiz ham uni muvaffaqiyatli yakunlay oldi.

U-20 yosh toifasida o‘tgan janglarda terma jamoamiz 8 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu bilan yigitlarimiz ikkinchi, qizlarimiz esa o‘z toifalarida birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsalar, umumiy hisobda jamoamiz musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:

Oltin:
-71 kg: A’loxon Abdullayev
-92 kg: Nusratbek Toxirov
+92 kg: Jahongir Zokirov

Kumush:
-51 kg: Ahmadjon Qo‘ziboyev
-67 kg: Samandar Solijonov
-86 kg: Diyorbek O‘ralov

Bronza:
-48 kg: Muhammadqodir Mamirjonov.

Qizlarimiz safida esa sovrindorlar quyidagicha ko‘rinish oldi:

Oltin:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-57 kg: Nigina O‘ktamova
-70 kg: Aziza Zokirova

Bronza:
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova
-60 kg: Ruxshona O‘ktamova
-63 kg: Mohira Ahmedova
-81 kg: Sabohat Husanova
+81 kg: Xadichabonu Ergasheva.

Qayd etish joiz, jahon chempioni Nigina O‘ktamova bu gal ham g‘alaba qozonib, qizlar toifasida musobaqaning eng yaxshi bokschisi deb topildi.

Taniqli referimiz Aleksandr Hamidov esa erkak hakamlar orasida tengsiz bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, bundan avval o‘smirlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan edi.

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur qit’a chempionati biz uchun ulkan g‘alabalar bilan yakunlandi.

Manba: @OlympicUz
Kiritildi: 10:13, 31.08.2021.
O'qildi: 2914 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик