Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Yangi loyiha! Futbol tarixidagi eng tezkor va eng ko‘p xet-trik kimga tegishli ekanligini bilasizmi?

Yangi loyiha! Futbol tarixidagi eng tezkor va eng ko‘p xet-trik kimga tegishli ekanligini bilasizmi?

Baho:
+ | -1

Endi Bildim! Bu bizning yangi loyiha. Bu loyiha mobaynida futbolga oid qiziqarli faktlar va hodisalar bilan tanishtirib o‘tamiz. 

Xet-trik nafaqat futbolda balki boshqa sport turlarida ham uchraydi. Aslida, bu ibora qayerdan paydo bo‘lgan? Bu ibora aslida kriketdan kelib chiqqan. Kriketchi 3 ta to‘pni ketma-ket uch bora darvozaga yetkazib berganda, uni taqdirlash uchun "hat" ya’ni shlyapa sovg‘a qilishgan.

 

Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng tezkor xet-trik “Liverpul” afsonasi Robbi Faulerga tegishli. U 1994-95 yilgi mavsumda Londonning “Arsenal” jamoasi darvozasini  bor-yo‘g‘i 4 daqiqa hamda 32 soniyada uch bor ishg‘ol qilgan.Butun futbol tarixidagi eng tezkor xet-trik  esa 1973 yilda argentinalik Maloni tomonidan amalga oshirilgan.  “Gimnasiya va Esgrima”ga qarshi bahsda u 1 daqiqa-yu  50 soniya ichida 3 gol urib, mutlaq rekord natijani qayd etgan.

 XXI asrda va butun futbol tarixida eng ko‘p xet-trik qayd etgan futbolchi esa Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. U hozirgacha 57 bora bir o‘yinda uchta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Keyingi o‘rinda esa Lionel Messi. Unda xet-triklar soni 54 ta. 

Chempionlar ligasi doirasida eng ko‘p xet-trik qayd etgan futbolchilar ham zamonamizning ikki superyulduzi hisoblanadi. Ular 8 o‘yinda 3 martadan gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Shuningdek, Chempionlar ligasi tarixida xet-trik qilgan eng yosh futbolchi "Real" futbolchisi Raul hisoblanadi. U 18 yosh-u 113 kunligida bu natijani qayd etdi. Undan keyingi o‘rindan ham aynan "qirollik klubi" futbolchisi joy olgan. Braziliyalik Rodrigo 2019 yil "Galatasaray"ga qarshi bahsda 3 ta gol urib, bu borada ikkinchi ko‘rsatkichni qayt etdi. 

  

                                                                            Xudayqulov KARIM tayyorladi

      

      

 

      

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:06, 04.09.2021.
O'qildi: 12697 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.