Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

«Real» va «Barselona» inqirozda. Ispaniyada «Atletiko» davri boshlanadimi?

«Real» va «Barselona» inqirozda. Ispaniyada «Atletiko» davri boshlanadimi?

Baho:
+ | -

Tarixiy nazar solar ekanmiz “Atletiko” La Ligada chempion bo‘lish bo‘yicha, albatta, ikki jamoadan ortda qolayotganini ko‘rishimiz mumkin.

Ular 11 marta mamlakat chempioni bo‘lishgan. Ikki marta ketma-ket chempion bo‘lgan mavsumlari ham bo‘lgan. Bu oxirgi marta 1951 yilda sodir bo‘lgan. 2014 yildagi g‘alabadan so‘ng, “matraschilar” o‘yinida darhol sho‘ng‘ish bo‘ldi.

Jamoani David Vilya, Diyego Kosta va Tibo Kurtua kabi asosiy o‘yinchilar tark etishdi.

1997 yilda ham jamoa chempion bo‘lgandi. Kelasi mavsum esa chempiondan 21 ochko ortda qolgan. 3 yildan so‘ng ular hatto ikkinchi divizionga tushib ketishgandi.

Endi Madridda hamma bu boshqa takrorlanmasligini aytmoqda. Yulduzlar sotilmasligi va o‘yin faqatgina yaxshilanishi uchun harakat qilishni. Odatda bunday gaplarni har bir klub vakilidan eshitishimiz mumkin. Ammo hozir vaziyat shundayki, ular “Real” va “Barsa”dan ko‘ra yaxshiroq kayfiyatda.

«2014 yildan keyin qiyin bo‘ldi, chunki ko‘p futbolchilar ketishdi. Endi ko‘pchilik ‘qochishga’ intilmayapti. Bu yaxshi xabar, lekin avvalgidan-da ko‘p ishlashga to‘g‘ri keladi», – deydi Diyego Simeone.

“Barselona” moliyaviy inqirozga yuz tutdi. “Real Madrid” ham stadionini yaxshilash uchun katta kreditlar olgan. Ko‘pchilik, “Atletiko”da bu holat bo‘yicha hammasi joyida, deb o‘yladi. Ha, “Chelsi” Saulni ijaraga oldi, lekin ular Antun Grizmanni Madridga qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi, u Luis Suares super juftlik bo‘lishi kutilmoqda.

Ammo, “Atletiko”ning ham moliyaviy ahvoli a’lo darajada deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, klubning 590 million yevro qarzdorligi bo‘lib, o‘tgan mavsumda 80 million yevroga yaqin zarar ko‘rgan. Pandemiya ularga ham yetarlicha zarar keltirdi. Biroq klub egalari bu holatdan ko‘p ham xavotirda emas. Ularning hamkorlari yetarlicha boy kompaniyalar. Masalan, Wanfa Group va Quantum Pasific.

Iyul oyida Simeone shartnomasini 2024 yilgacha uzaytirdi va uning maoshi sezilarli darajada oshmadi. Lekin u hali ham dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylaridan biri bo‘lib qolmoqda.

“Udineze”dan 27 yoshli yarim himoyachisi Rodrigo De Paul 35 million yevro evaziga jamoaga olib kelindi. “Atletiko” shartmona imzolashni kechiktirib o‘tirmadi va tezda fulbochini jamoaga olib keldi.

Keyingi qadam Stefan Savich, Xose Mariya Ximenes va Markos Llorente bilan shartnomani uzaytirish bilan davom ettirildi.

Klubning boshqa barcha harakatlari ko‘pchilikning e’tiborini tortmadi. 20 yoshli braziliyalik Markos Paolo jamoaga erkin agent sifatida qo‘shildi, va Portugaliyaning “Famalikan” klubiga ijaraga berildi. Darvozabon Benjamin Lekomte “Monako”dan ijaraga olindi, lekin u Yan Oblak bilan raqobatlasha olmaydi.

Ishbilarmonlik nuqtai nazaridan, yoz ular uchun ajoyib bo‘lib chiqdi, lekin maydondagi holat yaxshi deb, bo‘lmasdi. Simeone Yevro va Amerika kubogidan keyin charchagan futbolchilar bilan ishlashi kerak edi va bu holat jarohatlarsiz o‘tmadi.

Tomas Lemar va Mario Ermoso “Numansiya”, “RB Zalsburg”, “Volfsburg“, “Kadis“ va “Feenoord“ jamoalariga qarshi to‘liq o‘ynagan futbolchilar. Suarez va Kiran Trippyer maydonga umuman tushmadi. Savich esa tizzasidan jarohat olib, hamma o‘yinlarni o‘tkazib yubordi.

Bu yosh futbolchilar uchun o‘zlarini ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Suares o‘rnini yosh futbolchi Juliano Simeone egalladi, u o‘tgan mavsumda “Atletiko” safida 10 o‘yinda 3 ta gol urdi va asosan chap qanotda o‘ynadi. Bosh murabbiyning o‘g‘li odatdagidek jismoniy chidamlilik ko‘rsatdi, ammo gol ura olmadi. “Uning o‘sishi uchun joy bor, ko‘ramiz, u biz bilan qoladimi yoki ‘B’ jamoaga o‘tadimi”, deb xulosa qildi murabbiy.

So‘nggi yillarda jamoaning o‘yin uslubi qanday o‘zgargan bo‘lsa, Simeone va uning ishonchli murabbiylari ham vaqt o‘tishi bilan futbolchilarga qachon talab qo‘yish kerakligini va qachon biroz dam olish kerakligini o‘rgatishdi.

“Simeone o‘z futbolchilariga haddan tashqari ko‘p yuklamalar berib yuboradi, bu esa ularning uslubdan zerikib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin”, – deydi klub vakilidan biri. Ammo ular qanchalik charchagan bo‘lishidan qat’iy nazar, hozirda “Atletiko” kamdan-kam kuzatiladigan holatda. Ya’ni ular chempionatda eng ishonchli jamoa bo‘lib ko‘rinyapti.

Mana ular uchun ikki klubning soyasidan chiqishga imkoniyat. Hozir bo‘lmasa qachon?


Ruslan Maksimov tayyorladi

Kiritildi: 20:53, 04.09.2021.
O'qildi: 7368 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик