Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Aleksandr Mochinov: «Yana Superligada ishlashni istayman»

Aleksandr Mochinov: «Yana Superligada ishlashni istayman»

Baho:
+ | -

O‘z vaqtida «Oq-tepa», «Obod», «Buxoro» va «So‘g‘diyona» kabi jamoalarni boshqargan Aleksandr Mochinov o‘zbek futbolida ko‘rinish bermay qo‘ydi. Uning bir muddat Rossiyada faoliyat ko‘rsatgani borasida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Keyinchalik Quvaytda ishini davom ettirgan mutaxassis yaqinda yurtimizga qaytib keldi. Fursatdan foydalanib, Mochinov bilan suhbatlashdik va o‘zimizni qiziqtirgan savollarga javob izladik.

- Aleksandr Vladimirovich, so‘nggi vaqtlarda o‘zbek futbolidan ancha uzoqlashdingiz. Bugungi kunda nimalar bilan  bandsiz?

- Avvalo, suhbatga chaqirganingiz uchun tashakkur. Xabaringiz bor, 2018 yilda bir muddat «So‘g‘diyona» jamoasida faoliyat ko‘rsatdim. Iste’foga chiqqanimdan so‘ng Rossiyaga jo‘nab ketdim. U yerda «Krilya Sovetov» futbol akademiyasida yoshlar bilan ishladim. Samarada bir yil davomida mehnat qildim. 2019 yilda esa menga Quvaytdan taklif kelib tushdi. To‘g‘risi, «Kadisiya» jamoasi menejeri sifatida faoliyat olib borishim lozim edi. Darhol ushbu taklifga rozilik berganimdan so‘ng, u yerda menga yana bir lavozimni topshirishdi. Jamoaning ikkinchi tarkibini ham boshqardim. Asosiy vazifam yoshlar bilan to‘g‘ri ishlash va mamlakatning turli terma jamoalariga futbolchi yetkazib berish edi.

- Quvaytda bolalar futboliga juda katta e’tibor berilayotgani borasida ma’lumotlar bor. Bu haqiqatga nechog‘liq yaqin?

- Chindan ham Quvaytda bolalar futboliga e’tibor juda katta. Har bir klubning akademiyasi yoki futbol maktabida xorijlik murabbiylar ishlaydi. Quvayt kelajak uchun poydevorni hozirdan qurib bormoqda. Tajribali mutaxassislarni taklif qilishmoqda. Ularga yosh mahalliy murabbiy biriktirilgan va ular o‘z bilimlarini oshirishmoqda. Sharoitlar juda yaxshi. Klublar yoshlarga ko‘proq e’tibor qaratishni yo‘lga qo‘yishgan. Hozirda Quvayt milliy termasining natijalari yuqori darajada emas. Shu yo‘sin ishlashni davom ettirishsa, kelajakda bu albatta o‘z mevasini berishiga ishonchim komil.

- Eshitishimizcha, «Kadisiya» klubi bilan shartnomangiz yakunlangan. Boshqa jamoada ish boshlash arafasida turibsiz...

- Ha, albatta, «Kadisiya» bilan shartnomam muddati yakunlangan. Bu jamoa men uchun tramplin vazifasini o‘tadi. Quvaytning «Al-Nasr» klubidan taklif tushgan. Ularning ikkinchi jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlash arafasidaman. Tez orada Quvayt­ga qaytaman.

- Quvaytda ham murabbiylarga yuqori maosh to‘lashadimi?

- Bo‘lmasamchi! Har bir jamoada xorijdan kelganlar uchun yuqori maosh berishadi. Akademiya yoki futbol maktabi bo‘ladimi, farqi yo‘q. Murabbiy o‘z bilimlarini bolalarga bera olmoqda, ular buni juda qadrlashadi va yaxshilangan shartnomalarni taklif qilishadi.

- Ortda qolgan yillar davomida sizga o‘zbek klublaridan taklif tushdimi? Keyinchalik taklif bo‘lsa, uni qabul qilarmidingiz?

- To‘g‘risi, birorta klubimizdan taklif bo‘lmadi. Aks holda, buni o‘ylab ko‘rgan bo‘lardim. Superligada yana ishlash niyatim yo‘q emas. Hammasi tushadigan takliflarga bog‘liq.

- O‘zbekiston Superligasi o‘yinlarini kuzatyapsizmi?

- Albatta, Superliganing har bir o‘yini va unda qayd etilayotgan natijalardan boxabar bo‘lib boraman. Yurtimizda ishlagan vaqtlarimda qo‘l ostimda o‘ynagan ko‘plab shogirdlarimning ham ko‘rsatkichlari, harakatlarini kuzatmoqdaman. Superligada o‘yinlar ancha qizg‘in va kurashlarga boy tarzda o‘tmoqda. Raqobatbardosh jamoalar soni oshgani quvonarli.

- O‘z vaqtida bir nechta Superliga jamoalarini boshqargansiz. Ular orasida qaysi biri sizda iliq taassurot qoldirgan?

- So‘zsiz «Bunyodkor» jamoasiga bo‘lgan mehrim boshqacha. Ushbu jamoada ishlab, o‘zim uchun ko‘p jihatlarni o‘zlashtirganman. Umuman olganda, «Bunyodkor»ning ko‘rsatadigan o‘yinlari va natijalaridan muntazam xabardor bo‘lib turaman. Jamoa akademiyasida ko‘plab iqtidorli bolalarni kashf qilganmiz. Bugungi kunda ushbu yigitlar Superligada to‘p surishmoqda.

Izzat ABDULLAYEV suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:30, 06.09.2021.
O'qildi: 2545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик