Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Terma yig‘ini sanasidagi o‘zgarish sabab ayollar chempionati taqvimida o‘zgarish bo‘ldi

Terma yig‘ini sanasidagi o‘zgarish sabab ayollar chempionati taqvimida o‘zgarish bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkent mezbonlik qiluvchi Osiyo kubogining saralash bosqichida 20 sentyabr kuni Mo‘g‘uliston bilan, 23 sentyabr kuni Janubiy Koreya bilan rasmiy uchrashuvlar o‘tkazadi. Uch jamoa ishtirokidagi saralash guruhi yakuniga ko‘ra faqatgina peshqadam terma jamoa yanvar oyida Hindistonda o‘tadigan Osiyo kubogida ishtirok etadi.

O‘zPFL shundan kelib chiqib, ayollar chempionatining tanaffusgacha bo‘lgan 17-tur uchrashuvlarini 13 sentyabr kuniga tayin qilgandi. Mazkur sana terma bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov bilan kelishilgan. Biroq 31 avgust kuni O‘FA 17-turni boshqa sanaga ko‘chirishni so‘rab xat yozdi. Mazkur nomada terma yig‘inga 14 emas, balki 12 sentyabr kuni kirishi bayon qilingan.

Rejaga ko‘ra, O‘zbekiston chempionati “Bunyodkor-W” klubining OFK ayollar klublari chempionati start olgunga qadar yakuniga yetishi hamda “qaldirg‘ochlar” o‘z vaqtida Iordaniyaga jo‘nab ketishi kerak edi. Bunda ayollar kubogining final uchrashuvi “Bunyodkor-W” jamoasining finalda ishtirok etishi yoki etmasligidan kelib chiqib, yo xalqaro musobaqadan avval yoki undan keyin o‘tishi lozim edi.

Biroq O‘FA o‘z rejalarini o‘zgartirganidan kelib chiqib, O‘zPFL 17-tur sanasini taqvimdan o‘chirdi va tabiiyki, taqvimdagi turlar bittadan keyinga surildi. Shu tariqa ayollar chempionatining so‘nggi tur uchrashuvlari hamda O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi xalqaro turnirdan keyinga qoldirildi. Aslini olganda “Bunyodkor-W” xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etsa, sharqiy Osiyo jamoasiga qarshi navbatdagi uchrashuvni o‘tkazishi lozim edi. Ammo katta ehtimol bilan sharqiy jamoalar musobaqaga tayyor bo‘lmaydi. Shundan kelib chiqib, chempionatning so‘nggi turi va kubok finali sanasida o‘zgarish bo‘lmaydi deb, umid qilamiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:04, 07.09.2021.
O'qildi: 1416 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик