Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

PSJ klubining YECHL yangi mavsumi uchun qaydnomasi e’lon qilindi. Jamoa uzoq kutilgan sovrinni qo‘lga kiritadimi?

PSJ klubining YECHL yangi mavsumi uchun qaydnomasi e’lon qilindi. Jamoa uzoq kutilgan sovrinni qo‘lga kiritadimi?

Baho:
+ | -

PSJ klubi Yevropa Chempionlar Ligasi joriy mavsumi uchun qaydnomasini e’lon qilganidan xabaringiz bor.

Kengaytirilgan tarkibga nazar solar ekanmiz jamoaning kuchli futbolchilar bilan to‘lganini tushunib yetyapmiz. Birma-bir har bir chiziqqa to‘xtalib o‘tamiz.

Darvozabonlar: Keylor Navas, Janluiji Donnarumma, Aleksandr Latelliyer.

Darvoza chizig‘ining o‘zida ikki nafar yuqori saviyali posbonlar asosiy tarkib uchun raqobatga kirishishadi. Navas 2014 yilgi Jahon Chempionatidan keyin Kosta-Rika termasida porlagan va «Real»ga ko‘chib o‘tgan edi. O‘shandan beri u barqaror o‘yin namoyish etib, muxlislar mehrini qozonishda davom etmoqda. Donnarumma esa 2015 yil yangi mavsum boshlanishidan oldingi o‘rtoqlik o‘yinida «Milan» darvozasida paydo bo‘lgan va Toni Kroosning penaltidan yo‘llagan zarbasini bartaraf etgan holda ommaga tanilishni boshlagan edi. 16 yoshli yigit 6 yil o‘tib Yevro-2020 musobaqasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi va ko‘rinib turibdiki, yuqori sport formasida Parij klubi a’zosiga aylandi. Navas juda ham tajribali bo‘lsa, Donnarummada bo‘y borasida sezilarli ustunlik bor. Ikkala darvozabon ham Pochettinoni uyaltirib qo‘yishmaydi. Bunga umid qilish mumkin.

Himoyachilar: Ashraf Hakimi, Presnel Kimpembe, Serxio Ramos, Markinyos, Kolin Dagba, Leyvin Kyurzava, Abdu Diallo, Tilo Kerrer, Nunu Mendesh.

Asosiy tarkibda Hakimi, Ramos, Markinyos singari futbolchilar o‘ynashi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan. Chap qanot himoyachisi sifatida Mendesh, Kerrer, Kyurzava o‘ynay olishadi. Tajribali himoyachilar markazda, yosh iqtidor sohiblari esa qanot chizig‘ida yig‘ilganini ko‘rish mumkin. Ramosning boshqaruvchilik qobilyati borligini inobatga olsak, PSJ yaqin ikki yil ichida himoyadagi muammolarni bartaraf etishiga shubha yo‘q.

Yarim himoyachilar: Marko Veratti, Leandro Paredes, Danilu, Jorjinyo Veynaldum, Ander Errera, Idrissa Geye, Erik Ebimbe, Yulian Draksler

Veratti hujumdagi sheriklariga o‘zining ajoyib uzatmalarini yetkazib turishi, markazni ham a’lo darajada nazorat qila olishi bilan asosiy tarkib futbolchisi hamda jamoaning muhim bir qismi hisoblanadi. «Liverpul»dan kelgan Veynaldumning tajribasi ham katta va Verattiga yaxshi sherik bo‘lishi kutilmoqda. Errera, Draksler, Paredes, Gee ham rotasiya qilingan holda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishlari mumkin.

Hujumchilar: Kilian Mbappe, Lionel Messi, Neymar, Anxel Di Mariya, Mauro Ikardi.

Hujum chizig‘i juda ham optimal va havas qilsa arziydigan futbolchilarga ega. 6 karra Oltin to‘p sohibi, hozirgi kunda jahonning eng qimmat futbolchisi, dribling bo‘yicha istalgan o‘yinchi bilan raqobatda ustun kelishi mumkin bo‘lgan yulduzlar mana shu tarkibda bor.

Mbappe, Messi, Neymar, Di Mariya bir vaqtning o‘zida maydonga tushsa, raqib jamoalarining himoya chizig‘i achinarli holga kelishini taxmin qilish mushkul emas.

Tarkib jihatdan Maurisio Pochettinoda muammolar yo‘q. Birgina masala ularni to‘g‘ri joylashuvi va shogirdlarini jipslashtirgan holda o‘yanata olishi bo‘lishi mumkin. Joriy mavsum Chempionlar Ligasida PSJ asosiy favoritlardan biri sanaladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:45, 08.09.2021.
O'qildi: 4056 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.