Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

YECHL. O‘rtamiyonaga aylanib borayotgan «Borussiya» va porlashda davom etayotgan Xoland

YECHL. O‘rtamiyonaga aylanib borayotgan «Borussiya» va porlashda davom etayotgan Xoland

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi ushbu mavsum uchun e’lon qilingan qaydnomadan keyin tarkibi bir muncha zaiflashgani ko‘rindi.

Yozgi transferlar oynasida vinger Jeydon Sancho MYU klubiga ko‘chib o‘tdi. Mazkur o‘tish dortmundliklar uchun katta mablag‘ keltirgan bo‘lsada, hujum chizig‘i zaiflashishiga olib keldi. Tomas Dileyni ham jamoani tark etdi. Yussufa Mukuku esa qaydnomaga kiritilmadi. 16 yoshli hujumchi o‘tgan mavsum «sariqlar» safida Bundesliga o‘yinida maydonga tushib, musobaqaning eng yosh o‘yinchisiga aylangandi. Mukuku yaqin yillarda ko‘zga ko‘rinadigan hujumchi bo‘lib yetishishi mumkin. To‘xtab qolishi kerak emas.

Jamoaning YECHL uchun e’lon qilgan qaydnomasini taqdim etamiz.

Darvozabonlar: Roman Byurki, Marvin Hitz, Gregor Kobel, Luka Anbehaun

Roman Byurki yaxshi darvozabon, lekin top emas. Tan olish kerak, oxirgi yillarda klub darvozabonlari bilan maqtana olmayapti. Eng zaif nuqta deb ham atash mumkindir balki. Asosiy tarkib futbolchisi bo‘lgan Byurki futbolchilik faoliyatining katta qismini Shveysariya terma jamoasining zaxira darvozaboni sifatida o‘tkazdi. yoshni qarshi olgan posbon hozirda termadan chaqiruv olmayapti.

Himoyachilar: Manuel Akanji, Emre Jan, Rafael Gerreyru, Mats Xummels, Toma MenYE, Marin Pongrachich, Niko Shuls, Aksel-Zagadu

Markaziy himoyada Akanji, Xummels, Zagadu asosiy o‘yinchilar hisoblanishadi va ularning darajasi yuqori saviyali futbolchilarga yaqin. Gerreyru va Menye qanotlar uchun javob berishadi. Ashraf Hakimini o‘rni haligacha bilinmoqda. Mudofaa markazi esa qolgan pozisiyalarga nisbatan yaxshi shakllangan.

Yarim himoyachilar: Jud Bellingem, Yulian Brandt, Mahmud Dovud, Torgan Azar, Ansgar Knauff, Feliks Paslak, Marko Roys, Aleks Visel, Marius Volf.

Bellingem, Brandt, Azar, Roys, Vitsel... Mana shu xavbeklar jamoaning asosini tashkil qilib beradi. Xolandga to‘pni yetkazib berish, maydon markazini nazorat qilish aynan ularning zimmasiga tushadi. Juda ham kuchli bo‘lmagan, ammo ajoyib o‘yin ko‘rsata oladigan futbolchilardan tuzilgan yarim himoya chizig‘i «Borussiya»ning natijalariga ta’sir ko‘rsata oladi.

Hujumchilar: Erling Xoland, Donel Malen, Reyner, Steffen Tigges.

Bu chiziqda nafaqat klubning, balki jahonning eng yaxshi markaziy hujumchilaridan biri mavjud. Erling Xoland jamoaning haqiqiy yetakchisi va ayni vaqtda o‘rtamiyona klub deya ta’riflanmasligi uchun asosiy sabab bo‘lib turgan futbolchi hisoblanadi. Xoland ham Levandovski singari har o‘yinda gol urishni va samarali harakatlarni amalga oshirmoqda. 21 yoshning o‘zida jamoa yetakchisiga aylanib ulgurgan norvegiyalik kelajakda Mbappe bilan "Oltin to‘p" uchun kurashda jiddiy raqobat qilishi ko‘plab mutaxassislar tomonidan muhokama qilinmoqda. Malen esa Sanchoning o‘rniga PSV klubidan sotib olindi.

Bu mavsum Xoland gollar urishi mumkin, lekin jamoaviy yutuqqa erishish uchun bu kamlik qiladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:31, 09.09.2021.
O'qildi: 4494 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.