Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

"PSJ"ning navbatdagi nishoni ma’lum

"PSJ"ning navbatdagi nishoni ma’lum

Baho:
+ | -

"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Parijliklar 22 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Le10Sport nashri.

Manbaga ko‘ra, parijliklar Ryudiger "Chelsi" bilan shartnomasini uzaytirish borasida muzokaralar olib borayotganini bilishadi. Ular Antonio atrofidagi vaziyatni kuzatmoqdalar, uning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydi.

 Avvalroq, "Chelsi" bosh
murabbiyi Tomas Tuxel o‘z vatandoshini saqlab qolish istagi haqida xabar bergan.

Ryudiger 2017 yildan buyon "Chelsi" sharafini himoya qilib keladi va bundan oldin u "Roma" va "Shtutgart"da o‘ynagan. 2014 yildan buyon Germaniya terma jamoasiga chaqiriladi. O‘tgan mavsumda Antonio APLning 19 o‘yinida maydonga tushib, bitta gol urgan.

 "Chelsi" bilan Ryudiger Angliya kubogi, Yevropa ligasi va Chempionlar ligasi, shuningdek, UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 14:57, 09.09.2021.
O'qildi: 3051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.