Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Ushbu jamoa YECHLni yutgan bo‘lardi yoxud APLning eng qimmat futbolchilaridan tuzilgan jamoa

Ushbu jamoa YECHLni yutgan bo‘lardi yoxud APLning eng qimmat futbolchilaridan tuzilgan jamoa

Baho:
+ | -

Bir necha kun oldin Yevropada yozgi transferlar oynasi yakunlanganidan xabaringiz bor.

Mazkur transfer oynasida bir qancha top xaridlar amalga oshirildi. Masalan, ular orasida Romelu Lukaku, Jek Grilish, Jeydon Sancho, Rafael Varan, Krishtianu Ronaldu kabi futbolchilar bor.

 Transfermarkt portali e’lon qilgan APLning ayni vaqtdagi eng qimmat futbolchilaridan tuzilgan ramziy jamoani taqdim etamiz. Mazkur jamoa haqiqatan ham YECHLda g‘alaba qozonish uchun asosiy favoritga aylangan bo‘lardi.

Darvozabon: Alisson Bekker («Liverpul»)

Himoayachilar: Aleksandr-Arnold («Liverpul»), Rafael Varan ("Manchester Yunayted"), Ruben Diash ("Manchester Siti"), Endi Robertson («Liverpul»)

Yarim himoyachilar: Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti"), Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted"), Jeydon Sancho ("Manchester Yunayted"), Muhammad Salah («Liverpul»)

Hujumchilar: Romelu Lukaku («Chelsi»), Xarri Keyn («Tottenxem»)

 

Darvozada «Liverpul» posboni Alisson Bekker. Ayni vaqtda uning transfer bahosi 60 mln yevroni tashkil etadi. Braziliyalik oxirgi uch mavsumdan beri yuqori formada o‘ynab kelmoqda va joriy yilda ham o‘z mahoratini ko‘rsata olishiga shubha yo‘q.

Himoya chizig‘idan ikki nafar «Liverpul» a’zosi va Manchesterning ikki klubidan futbolchilar o‘rin olishgan. Doimgidek Arnold va Robertson APLning eng qimmat va samarali laterallari bo‘lib turishibdi. Mazkur futbolchilarning transfer qiymatlari mos ravishda 75 va 65 mln yevroga teng. O‘tgan mavsum "Manchester Siti"ga qo‘shilgan Ruben Diash (75 mln yevro) hamda yozgi transferlar oynasida MYU ga o‘tgan Rafael Varandan (70 mln) tashkil topgan juftlik APLning eng qimmat markaziy chizig‘i sifatida baholandi.

 

Yarim himoya chizig‘i ham super darajada kuchli. Kevin de Bryuyne va Bruno Fernandesh markazdan turib hujumlarni shakllantirish va sheriklarini to‘p bilan ta’minlash bo‘yicha o‘z ishlarining ustalari hisoblanishadi. Muhammad Salah va Jeydon Sancho qanotlardan hujumlarni rivojlantirish va davom ettirishadi. Mazkur futbolchilar bir jamoaga yig‘ilsa haqiqatan ham dahshatli tarkib hosil bo‘ladi.

 

Hujum chizig‘idan ikki nafar to‘purar o‘yinchilar joy olishgan. Yozgi transferlar oynasida o‘zining sobiq klubiga qaytgan Romelu Lukaku o‘tgan mavsumni «Inter»da yuqori darajada o‘tkazdi. Shu tarifni «Tottenxem» yulduzi Xarri Keynga nisbatan ham ishlatish mumkin. U nafaqat to‘purar, balki APLning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi assistenti bo‘ldi. Yangi mavsumni "Manchester Siti"da boshlashi kutilgan angliyalikni «shporlar» rahbariyati qo‘yib yubormadi. Keyn va Lukaku tandemi istalgan himoya chizig‘i vakillarini shoshirib qo‘yishi mumkin. Ularning ikkalasini narxi 220 mln yevroni tashkil etmoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:18, 10.09.2021.
O'qildi: 3571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик