Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

O‘zbekiston kurash va belbog‘li kurash federasiyalari birgalikda faoliyat olib boradi

O‘zbekiston kurash va belbog‘li kurash federasiyalari birgalikda faoliyat olib boradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar
Shu yil 26 iyul kuni O‘zbekiston kurash federasiyasining navbatdan tashqari Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.
 
Unda O‘zbekiston belbog‘li kurash federasiyasining joriy yil 14 iyundagi murojaati o‘rganib chiqilib, Kengash a’zolari bir ovozdan o‘zbek xalqining bu yo‘nalishdagi kurashini ham rivojlantirishda ikki federasiya birgalikda faoliyat olib borishiga kelishib olgandi. 
 
Joriy yil 10-13 sentyabr kunlari Ruminiyaning Konstanta shahrida bo‘lib o‘tadigan kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir doirasida 10 sentyabr kuni kurash sportini dunyodagi nufuzini oshirish bo‘yicha istiqbolli rejalarni muhokama qilish hamda kurashimizning ikkinchi yo‘nalishi bo‘lgan Belbog‘li kurashni ham dunyodagi o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha Kongress bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Maqsad – kurash bilan yelkama-elka belbog‘li kurashni ham butun dunyoda ommalashtirishdan iborat.

Bu haqda bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida o‘tkazilgan matbuot anjumani hamda taqdirlash marosimida aytib o‘tildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yuldashev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Ma’ruzachi o‘z so‘zida azaldan o‘zbek kurashining ikki yo‘nalishi bo‘lgani, bu haqda tarixiy manbalarda yozib qoldirilganini ta’kidlab, endilikda kurashimizning har ikki yo‘nalishi birgalikda rivojlantirilishini ta’kidladi. Shu bilan bir qatorda, so‘nggi yillarda belbog‘li kurashchilarimiz o‘z muvaffaqiyatlari bilan dunyo xalqlarini lol qoldirayotgani e’tirof etildi. Buning isboti sifatida ayni kunlarda Rossiyaning Qozon shahrida davom etayotgan birinchi MDH o‘yinlarida belbog‘li kurashchilarimiz 7ta oltin, 3ta kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashganligini aytish mumkin.

Tadbirda I MDH o‘yinlarida g‘olib va sovrindorlar safidan joy olgan sportchilar hamda ularning murabbiylari faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, tadbir doirasida mamlakatimizda kurash sport turini ommalashtirish va keng targ‘ib etish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh fidoyi insonlarga ham faxriy yorliqlar topshirildi.

I MDH o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlari:

-52 kg: Farangiz Abdunabiyeva (oltin),

-66 kg: Maftunabonu Mahmudova (oltin),

-75 kg: Nusratbek Sultonboyev (oltin),

-90 kg: Oybekjon Muhammadov (oltin),

-57 kg: Kamronbek Ortiqov (oltin),

-68 kg: Oybek Sultonov (oltin),

-82 kg: Muhammadjon Rasulov (oltin),

-48 kg: Mohigul Ibragimova (kumush),

-58 kg: Biybigauxar Polatbayeva (kumush),

-76 kg: Zemfira Azatova (kumush),

+76 kg: Munisaxon Nosirova (bronza).

Kiritildi: 15:19, 10.09.2021.
O'qildi: 1443 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.