Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

18 yoshli Radukanu «US Open» g‘olibiga aylandi!

18 yoshli Radukanu «US Open» g‘olibiga aylandi!

Baho:
+ | -

Tennis bo‘yicha ulkan toj turkumiga kiruvchi «US Open» turnirida ayollar o‘rtasida yakkalik finali bo‘lib o‘tdi.

Jahon reytingida 150-o‘rinni egallab turgan 18 yoshli Emma Radukanu hal qiluvchi bahsda kanadalik Leyla Fernandes (№73)ni ikki setda mag‘lub etdi — 6:4, 6:3.

Shu taniqli britaniyalik sportchi Mariya Sharapovadan so‘ng («Uimbldon»-2004)  "Ulkan toj" chempionligini qo‘lga kiritgan eng yosh tennischiga aylandi.

Emma — "Ulkan toj" musobaqalari tarixida saralash bosqichidan asosiy to‘rga o‘tib, g‘olibga aylangan ilk sportchi bo‘ldi. Shu paytgacha na ayollar va na erkaklar musobaqasida hech bir sportchi saralashdan hattoki finalgacha yetib kela olmagan edi.

Radukanu "US Open"da jami 10ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblariga birorta setni boy bermadi. U barcha o‘yinlarni 2ta setda hal qildi. U faqatgina bir marta bir bo‘limda raqibiga 5ta geymni boy berdi (saralashda).

Britaniyalik tennischi faoliyatida ikkinchi "Ulkan toj" musobaqasida ishtirok etib, mazkur sovrinni qo‘lga kiritdi. Shu paytgacha "Ulkan toj"ni eng tez qo‘lga kiritgan sportchilar sifatida Monika Selesh va Byanka Andreesku tilga olinardi. Ular 4ta urinishda nufuzli sovringa ega chiqishgan.

Radukanu WTA turkumiga kiruvchi bor-yo‘g‘i to‘rtinchi turnirda qatnashdi va faoliyatida ilk sovrin "Ulkan toj" bo‘lgan uchinchi sportchiga aylandi. Bungacha bu ishni ikki atlet qayd etgandi — Alena Ostapenko («Rolan Garros»-2017) va Iga Shventek («Rolan Garros»-2020).

Radukanu – "US Open" tarixida top-100ga kirmasdan g‘olibga aylangan ikkinchi tennischi.

Bugungi g‘alabadan so‘ng Emma Radukanu reytingda 150-pog‘onadan 23-o‘ringa ko‘tariladi. "US Open"dagi g‘oliblik uchun u 2040 ochko va 2.5 mln dollar mukofot pulini qo‘lga kiritdi.

US Open (Nyu-York, SSHA)
Mukofot jamg‘armasi – 57 500 000 dollar
Ayollar, yakkalik. Final

Emma Radukanu (Buyuk Britaniya) – Leyla Anne Fernandes (Kanada) — 6:4, 6:3

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:36, 12.09.2021.
O'qildi: 3576 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.