Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

O‘FA Jahon Chempionatini har 2 yilda o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi (video)

O‘FA Jahon Chempionatini har 2 yilda o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi (video)

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov FIFA tomonidan ilgari surilayotgan Jahon chempionatlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha taklifiga javoban dunyo futbol ommasiga video-murojaat yo‘lladi. Ayni vaqtda FIFA mundialni har ikki yilda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqmoqda.

"O‘zbekiston futboli oilasining Jahon Chempionati bo‘yicha fikri bilan o‘rtoqlashmoqchiman. Jahon Chempionati futboldagi cho‘qqi hisoblanadi. Bu sport turi bilan shug‘ullanishni boshlagan inson borki, mundialni orzu qiladi. Ammo juda kam sonli mahoratli futbolchilarga bu nasib etadi. Sababi Jahon Chempionati to‘rt yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Saralash bosqichi esa juda ham murakkab va unda ba’zida top-jamoalar ham yo‘llanmasiz qoladi.

Futbolchilik faoliyati juda qisqa, milliy jamoalarda raqobat kuchli. Bir siklda o‘ynagan futbolchi 4 yildan so‘ng keyingi siklda jamoaga boshqa chaqirilmasligi mumkin. Qolaversa, jarohatlarni ham unutmaslik kerak. Shunday ekan Jahon Chempionatida ishtirok etish imkoniyatining oshishini butun dunyo futbolchilari, murabbiylari, hakamlari va albatta muxlislari qo‘llab-quvvatlasa kerak deb o‘ylayman. Misol uchun hakamlarni olaylik. Men bilgan ko‘plab iste’dodli hakamlar 4 yillik siklda ro‘yxatdan chetda qolgan.

FIFA taklif qilayotgan 2 yillik siklning yutug‘i shundaki, futbolchilar va futbolga aloqador barcha mutaxassislarning mundial orzusi amalga oshish imkoniyati yanada ortadi. Qolaversa, agar qit’a chempionatlari ham shu tizimga o‘tsa, biz har yili terma jamoalar miqyosida katta final turnirlari guvohiga aylanishimiz mumkin.

FIFAning futbolni rivojlantirish bo‘limi rahbari Arsen Vengerning bu boradagi taklifi bilan tanishar ekanmiz, yana bir muhim jihatga e’tibor qaratish zarur. Saralash bahslarining optimallashtirilishi. Ya’ni, mavsumda ikki bor terma jamoalar saralash bahslari uchun yig‘iladi va yo‘llanmalar uchun o‘yinlar o‘tkazadi. Boshqa payt o‘yinchilar klublar ixtiyorida bo‘ladi va uzoq safarlardan keyingi toliqish muammosiga kamroq duch keladi.

Biz bu taklifni futbol uchun foydali deb hisoblaymiz. Hakamlik faoliyatim davomida biz ham yirik musobaqalarni intizorlik bilan kutardik. Endi esa mamlakatim futbolining rahbarlaridan biri sifatida terma jamoamizning mundialda qatnashishini niyat qilaman. Zero, Jahon Chempionati ishtirokchisi bo‘lish o‘zbekistonlik futbol muxlislarining 30 yillik orzusi hisoblanadi. O‘zbek futboli ommasi FIFAning bu boradagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi. Futbolni birgalikda rivojlantiramiz!", — dedi Ravshan Ermatov.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:29, 12.09.2021.
O'qildi: 3156 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик