Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Nagelsmann «Barselona» o‘yiniga baho berdi

Nagelsmann «Barselona» o‘yiniga baho berdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-tur doirasida bo‘ladigan "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ularning o‘yinida endi Messi beradigan g‘ayrioddiylik yo‘q. Leo juda yaxshi o‘yinchi. U maydonda bo‘lgan paytda barcha uni qidirishi — normal holat.

Ammo "Barsa" safida ajoyib o‘yinchilar bor. Ular soyadan chiqib kelishlari mumkin. Ehtimol, ular endi o‘zlarini namoyish etish, mas’uliyatni o‘z zimmalariga ko‘proq olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Masalan, Frenki de Yong yoki Pedri. Ular juda iqtidorli futbolchilar.

"Barselona"ning o‘yin uslubi biroz o‘zgardi. Raqib himoyasi haqida shuni aytishim mumkinki, barcha o‘yinchilar to‘pni tezroq qaytarib olish uchun harakat qilishmoqda. Messi borligida so‘nggi 2-3 yilda buning imkoni yo‘q edi. Ular yaqinda 3-5-2 sxemasida o‘ynashayotgan edi, lekin hozir 4-3-3ga o‘tishdi.

Hozir ularning o‘yini pasaydi yoki yaxshilandi, deya ayta olmayman, ammo ular boshqacha o‘ynashmoqda. Buning natijasi kelajakda ko‘rinadi. Safarda yaxshi o‘ynash juda muhim ahamiyatga ega. Biz ilk 3 ochkoni qo‘lga kiritishni istaymiz. Bu bizning maqsadimiz.

Kataloniyaliklar 4-3-3 sxemasida o‘ynashganida, Buskets hamisha markaziy himoyachilar orasiga o‘tadi va ular 3 markaziy himoyachi bilan himoyalanishadi.

Tarkib haqida gapirsam, "Barselona" 3-5-2 sxemasida o‘ynaganida natijalar yaxshiroq bo‘ldi. Shu bois, o‘ylashimcha, ular bizga qarshi shunday sxemada o‘ynashadi. Biz bunga tayyorlandik. Ular bizni hayron qoldiradi, deb o‘ylamayman. Raqibning turli rejalariga qarshi o‘z rejalarimizni tuzib qo‘yganmiz.

"Barsa" qanday uslubda o‘ynashidan qat’i nazar biz o‘z o‘yinimizni namoyish etamiz", - dedi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" - "Bavariya" o‘yini Toshkent vaqti bilan bugun soat 00:00da boshlanadi.

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 13:51, 14.09.2021.
O'qildi: 4172 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.