Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Mavqei tushgan La Liganing asosiy yulduzi kim? Vinisius bunga loyiqmi?

Mavqei tushgan La Liganing asosiy yulduzi kim? Vinisius bunga loyiqmi?

Baho:
+ | -

La Ligasining asosiy yulduzi bo‘lgan Lionel Messi shu yozda “Barselona”ni tark etdi. Ko‘pchilik endi Ispaniya chempionatida Messining o‘rniga kim “yangi qirol”bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylay boshladi. Ko‘pchilik mutaxassislar va muxlislar ushbu o‘ringa “Barsa”ning yosh futbolchilari Ansu Fati va Pedri nomzodini ko‘rsatsa, boshqalar “Real”ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior La Ligada porlashini taxmin qilishadi. Stadion.uz nashri esa mazkur savollarga biroz oydinlik kiritishga harakat qiladi.

Ko‘p yillar davomida La Liga dunyoning asosiy yulduzlari turniri bo‘lib kelgan. Yaqin vaqtgacha Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi duyel har qanday futbol muxlisi e’tiborida bo‘lgan. Shuningdek, ushbu yulduzlar qatorida yana ko‘plab dunyo tan olgan futbolchilar ham La Ligada o‘ynashgan: Andres Inyesta, Xavi, Luis Suares, Neymar, Luka Modrich, Toni Kroos, Karim Benzema. Biroq, so‘nggi yillarda Ispaniya chempionatida bunday yulduzlar biroz kamayib ketdi. Ispaniya terma jamoasi bilan Jahon va Yevropa chempioni bo‘lgan “qizil furiya” futbolchilarining ko‘plari “butsalarini mixga ilgan” bo‘lsa, ba’zilari yaqin sharq va okean orti chempionatlarida o‘z omadini sinab ko‘rmoqda. Ularning avlodlari esa jahon futboli darajasiga yetishmayapti. Suares, Modrich va Kroosda yosh bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, Grizmann va Beylning o‘yinlari avvalgi kabi emas. Ronaldu 2018 yil La Ligadan ketgandi, endi esa Messi ham “Barsa”ni tark etdi. Ko‘pchilik mutaxassislar La Liga darajasi endi avvalgi kabi holatiga qaytmasligi, musobaqada eng yorqin yulduzlardan faqatgina Karim Benzema qolganligini ta’kidlashadi. Lekin, endi fransuz hujumchisining ham Ispaniya chempionatidagi safari qariyapti va u ham yaqin yillarda bu yerni tark etishi aniq.

Lekin, shunga qaramay, La Ligada yangi yulduzlar paydo bo‘layotganini his qilish mumkin. Vinisius Junior, Pedri va Fati shular jumlasidan. Hozir esa “Real”ning yangi mavsumdagi 4 uchrashuvida 4 gol urgan Vinisius Junior haqida gaplashamiz. “Real” 16 yoshli yigitcha uchun 45 million yevro atrofidagi summani to‘ladi va shundan keyin braziliyalikning voyaga yetib, o‘z o‘yinini topib olishigacha kutdi.

Dastlab, Vinisius qaror qabul qilishdagi shoshqaloqligi bilan ajralib turardi. Futbolchi har doim raqib futbolchilaridan tezlik evaziga o‘tib ketardi, raqiblardan driblingi natijasida ortdaqoldiri, bir qancha muhim gollar ham urgan. Shunday bo‘lsa-da, Junior doimo jurnalistlar tanqidiga uchrab kelardi. Uning mehnatkash emasligi va maydonda o‘z o‘yinini namoyish etmasligi aytilardi. Ammo, bu gaplarni “Real” rahbariyati jim kuzatdi.

 

Shunga qaramay, yangi mavsumda Vinisius nihoyat “Real” xohlagan o‘yinlarni namoyish eta boshlaganga o‘xshaydi. Shunisi e’tiborliki, bu mavsumda Ispaniya chempionatida shaxsiy to‘purarlik rekordini o‘rnatishi uchun braziliyalikka atigi to‘rtta tur yetarli bo‘ldi. Vinisius yangi mavsumning dastlabki to‘rt uchrashuvida, to‘rtta gol yozib qo‘yishni uddalagan kamsonli futbolchilardan hisoblanadi. Uning avvalgi natijalari bir mavsumda uchta gol bo‘lgan.

Biroq, gap umuman maqsad haqida emas. Vinisius nihoyat yugurish va tezda fikrlash kabi hislatlarini sinxronlashtira oldi. Braziliyalik hamma narsani o‘z vaqtida qila boshladi. U maydon bo‘ylab yuqori tezlikda yugurishni, hatto kombinasion o‘yinlarda ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymayapti, bu esa uning yangi mavsum uchun puxta tayyorgarlik ko‘rganini bildiradi. Ikkinchi turdagi“Levante” darvozasiga kiritilgan gol haqiqiy san’at asari edi. “Selta”ga qarshi o‘yinda kiritgan goli bu qadar chiroyli chiqmagandir, lekin La Liganing yangi mavsumida qanday futbolchi ekanligini muxlislarga eslatib qo‘yayotgandek, chamamizda.

Boshqa narsalar qatorida, Juniorning maydonda o‘tkazayotgan daqiqalari ham kundan-kunga o‘sib bormoqda. Bu esa murabbiyning ishonchini qozona olayotganidan dalolat bizningcha.

Qolaversa, braziliyalik futbolchining sheriklari bilan pas orqali ham o‘ynashni o‘zlashtirib olgan. Ilgari madridliklar hujumchisi to‘pni qabul qilib olgan zahoti, raqiblarini o‘z tezligi orqali jazolashga harakat qilar edi. Hozir esa uning o‘yinida rang-barang oshgan.

Ko‘rinib turibdiki, Vinisius asta-sekin "Real" yetakchisiga aylanib bormoqda. Yaxshi o‘yindan tashqari, u o‘z qobiliyatiga boshqalarni ham ishontira boshladi. Albatta, Madrid klubining asosiy yulduzi Karim Benzema bo‘lsa -da, lekin fransuz dekabr oyida 34 yoshga to‘ladi va uning jamoadagi karyerasi asta-sekin yakunlanmoqda. Vinisius yaqin

kelajakda “Real”ning asosiy o‘yinchisiga aylanish niyatida. U buning uchun barcha fazilatlarga ega, shuning sababli bundanajablanib bo‘lmaydi. "Barselona"ning muammolarini hisobga olsak, braziliyalik o‘zini La Liganing asosiy yulduzi deb hisoblashi mumkin, chamamizda.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:03, 14.09.2021.
O'qildi: 3367 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.