Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Chempionlar ligasi qaytmoqda. Muxlislar oldida esa qiyin tanlov turibdi

Chempionlar ligasi qaytmoqda. Muxlislar oldida esa qiyin tanlov turibdi

Baho:
+ | -

Bugun uzoq kutilgan Yevropa Chempionlar ligasi qaytadi. Shunchaki emas, bir qator olovli bahslar ila. Keling, bugun yaqin soatlar ichida boshlanishi kutilayotgan eng qiziqarli uch bahsga to‘xtalib o‘tamiz. 

"Barselona" - "Bavariya" 

"Barselona" bugun "Bavariya"ni o‘z maydonida qabul qiladi. Kataloniyaliklar tarkibda bir qator yo‘qotishlar bilan ushbu bahsga yetib keldi. Shuningdek, o‘yin taraflama ham klub hali shakllanib ulgurmagan. Moliyaviy muammolarni gapirmasa ham bo‘ladi. "Ko‘k-anorranglilar" bu qadar ko‘p muammolar qarshisida bo‘lsa ham, ularda g‘alaba mentaliteti va yosh umidli futbolchilar mavjud. Ularning raqibida esa hammasi joyida desam adashmagan bo‘laman. Flik yozda klubni tark etdi, ammo uning o‘rnini Nagelsmann egalladi. U yangi jamoa qurishi shart emas. Shunchaki, o‘z shogirdlariga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, to‘g‘ri qarorlar chiqarib tursa bas. Bu yigitlarning o‘zlari hammasini amallashadi. Ochig‘i, bugun Myunxen klubining g‘alaba qozonish imkoniyati "ko‘k-anorranglilar"nikiga qaraganda ancha baland. Ammo maydonda buning aksi bo‘lishi mumkin yoki yo‘q. 

"Vilyarreal" -"Atalanta" 

Bu yerda jamoalarning nomi emas, o‘zaro tenglik birinchi planga chiqmoqda. "Vilyarreal" o‘tgan mavsum "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etib, Yevropa ligasi g‘olibi bo‘ldi va bu mavsum ham "sariq suv osti kemasi" muvaffaqiyatli o‘yinlarini davom ettirishmoqda. Ularning raqibi "Atalanta" hujumkorlik jihatdan Yevropaning grand klublaridan qolishmaydi va aksar gigantlardan ham ko‘proq gol urishni uddalab kelmoqda. Bu mavsumni ular hozircha yaxshi boshlay olmadi. Mayli, buning ahamiyati yo‘q. Baribir YECHLga har qanday klub o‘zgacha yondashadi. Men mazkur uchrashuvning gollarga boy o‘tishini kutmoqdaman. Katta ehtimol ham shunday bo‘lsa kerak. 

"Chelsi" - "Zenit" 

"Chelsi" amaldagi Chempionlar ligasi g‘olibi hisoblanadi. Chindan ham, Tuxel qo‘l ostida bu klub yangi bosqichga chiqa oldi. So‘nggi yillarda quvnoq futbol ko‘rsatayotgan edi. Hozir bu jihat saqlanib qolgan va qo‘shimcha tarzda tartibli futbol ham ularning DNKsiga kirib keldi. "Aristokratlar" APLda yaxshi start oldi. Menimcha, bu klub katta sovrinlar uchun bemalol kurasha oladi. Xo‘sh, raqib klubga to‘xtalib o‘tamiz. "Zenit" ham tittullar uchun kurashishga qodir, ammo faqatgina RPL yoki Rossiya kubogida. Yevropada ular o‘rtamiyona va xatto undan ham pas darajadagi klublardan biri sanaladi. Agar, bugun ular raqiblarini mag‘lub etsa, buni sensasiya deb atasak bo‘ladi. Buning aksi sodir bo‘lgan taqdirda, hech kim ulardan hafa bo‘lmaydi.



Bugun kimdir o‘zi muxlislik qiladigan klubi o‘yinini tomosha qilar va yana kimdir ko‘ngli tusagan o‘yinni kuzatar. Nima bo‘lishidan qati nazar Chempionlar ligasi qaytdi. Xullas, muxlislar o‘rtasida qiyin tanlov turibdi. Ayrim qiyinchiliklarda o‘ziga yarasha gasht bo‘ladi. Hozir shunday holatda turibmiz...

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:43, 14.09.2021.
O'qildi: 5492 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.