"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvida
"Barselona" ustidan qozonilgan g‘alabaga (3:0) izoh berdi.
"Biz raqibning ko‘p qismini o‘z darvozamizga qo‘yib yubormadik. Ular bitta yoki ikkita gol
urishlari mumkin edi. Bu yerda o‘ynash juda zo‘r, yigitlarga juda yoqadi. "Kamp Nou"da 3:0
hisobida g‘alaba qozonganingiz bu katta yutuqdir. Biz bundan juda xursandmiz", - deya Myuller
so‘zlarini keltiradi UYEFA rasmiy sayti.