Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

YECHL. "Manchester Siti" - «Leypsig» uchrashuvi uchun prevyu

YECHL. "Manchester Siti" - «Leypsig» uchrashuvi uchun prevyu

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsum finalchisi "Manchester Siti" joriy mavsumdagi ilk o‘yinini bugun «Leypsig»ga qarshi o‘tkazadi.

APL chempioni o‘tgan mavsum YECHL finaliga qadar yetib borgandi va «Chelsi»ga imkoniyatni boy bergan holda sovrinni qo‘lga kirita olmadi. Vaholanki, klub oxirgi 5 yil ichida ilk bor finalga chiqqan va undan oldin faqat chorak finalda o‘z yurishini to‘xtatayotgandi.

«Leypsig» o‘tgan mavsum Chempionlar Ligasidagi ishtirokini nimchorak finalda to‘xtatgan va bu ishni «Liverpul» bajarib bergandi. Klub endi ketma-ket uchinchi mavsum pley-offga yo‘l olishni maqsad qilmoqda. Lekin, bu oson bo‘lmasligi aniq. Chunki, "Manchester Siti"dan tashqari guruhda PSJ va «Bryugge» klublari ham bor.

"Manchester Siti" o‘tgan mavsum guruh bosqichini samarali o‘tkazdi. Klub S guruhida 16 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va 5 ta quruq o‘yin va bitta gol o‘tkazgan holda Chempionlar Ligasi guruh bosqichi rekordini takrorladi.

«Dortmund»ga qarshi o‘yinning 84-daqiqasida Marko Roys tomonidan kiritilgan gol «shaharliklar»ning 790 daqiqalik "quruq seriya"siga barham berdi. Bu boradagi rekord 2005/06 yilgi mavsumda «Arsenal» tomonidan o‘rnatilgan (995 daqiqa).

Bu «Siti»ning YECHLdagi 11-mavsumi hisoblanadi. Klub 2011 yildan beri har bir mavsumda ishtirok etib kelmoqda va shulardan sakkizatasida pley-offga yo‘l olishni uddalagan.

Bu «Leypsig»ning oxirgi 5 mavsum ichida to‘rtinchi ishtiroki sanaladi. 2019/20 yilgi mavsum Yulian Nagelsmann qo‘lostida yarim finalga qadar yetib borgan "qizil buqalar" o‘tgan mavsum guruh bosqichi 6-turida "Manchester Yunayted"ni 3:2 hisobida mag‘lub etgan holda PSJdan keyin ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l olgandi.

«Leypsig» YECHLda umumiy 24 o‘yin o‘tkazgan va shulardan 12tasida g‘alaba qozongan (3 durang, 9 mag‘lubiyat).

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Serdar Gozubuyuk (Niderlandiya)

Qanot hakamlari: Just van Zullen, Yoxan Balder (Niderlandiya)

Zaxira hakami: Jeroen Manshot (Niderlandiya)

VAR: Pol van Boekel (Niderlandiya)

VAR yordamchisi: Stefani Frappat (Fransiya)

 

Taxminiy tarkiblar

Manchester Siti - Ederson, Uoker, Stouns, Diash, Zinchenko, Gyundogan, Rodri, de Bryuyne, Sterling, Torres, Mahrez

Leypsig - Gulachi, Klostermann, Orban, Simmerman, Anxelinyo, Aydara, Adams, Soboslai, Forsberg, Nkunku, Andre Silva

 

Yo‘qotishlar

"Manchester Siti" tarkibida Zak Steffen (koronavirus) va Benjamin (polisiya idorasida, zo‘ravonlikda ayblanib) maydonga tusha olishmaydi. Germaniya klubi safida esa Marselo Sarachchi hamda Marsel Halstenberg jarohati bois ushbu o‘yinni o‘tkazib yuborishadi.

Raqamlar

«Leypsig» Chempionlar Ligasi doirasidagi oxirgi 4 uchrashuvida kamida ikkitadan gol o‘tkazib yuborgan.

Jamoalar bunga qadar YECHLda o‘zaro to‘qnash kelishmagan. «Ettihad» stadionida o‘tkaziladigan bugungi bahs ular o‘rtasidagi dastlabkisi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" - «Leypsig» uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:33, 15.09.2021.
O'qildi: 3062 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.