Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

YECHL. Gvardiola va Rodri bugungi bahs oldidan matbuot anjumanida qatnashishdi

YECHL. Gvardiola va Rodri bugungi bahs oldidan matbuot anjumanida qatnashishdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola Yevropa Chempionlar Ligasi-2021/22 guruh bosqichi 1-turi doirasidagi «Leypsig»ga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida qatnashdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Mutaxassis qiyin mag‘lubiyatlar va davrlar jamoani yuksalishiga xizmat qiladimi degan savolga "ha albatta" deya javob berdi. O‘yinchilarning o‘z his-tuyg‘ulari va ruhiyatlari mavjud. Maqsad qilingan natijaga erisha olmaslik ularning ahvoli yomonlashishiga olib keladi. Bu yana bir marta urinib ko‘rish uchun yangi chaqiruv.

Bu yigitlar oxirgi 4 mavsumda uch bor APLda chempion bo‘lishdi va biz har doim yanada yaxshilana olamiz degan hissiyotlarga egamiz. Bu biz xohlayotgan narsa, ammo buni ko‘plab jamoalar ham istashadi. Bu ko‘p narsalarga bog‘liq bo‘ladi.

«Siti» o‘tgan mavsum birinchi marta Chempionlar Ligasiga chiqqanidan so‘ng, ko‘plab mutaxassislar bu mavsumda ham bizdan ushbu musobaqada yanada yaxshiroq natija kutishmoqda", — dedi Gvardiola.

Shunga qaramay, xuddi Rodri singari Gvardiola ham oldinda turgan «Leypsig»ga qarshi uchrashuvdan boshqa narsaga e’tibor qaratishdan bosh tortmoqda.

Germaniyalik raqibdan tashqari PSJ va «Bryugge» kabi jamoalardan tashkil topgan guruhdan joy olgani va birinchi uchrashuvdagi g‘alaba muhimligini kataloniyalik mutaxassis ta’kidlab o‘tdi.

"Manchester Siti" xavbeki Rodri ham matbuot anjumanida qatnashdi. Futbolchi unga berilgan: "O‘tgan mavsumda yakunlanmay qolgan qandaydir tuyg‘u bormi?" savolga shunday javob berdi: Yana bir marta finalga chiqish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lardim. Bu qiyin. Bu holatga tushish uchun juda ham ko‘p harakat qilish kerak. Ammo, juda uzoqqa qarab yuborish ham yaxshi emas. Qiyin guruhdamiz, «Leypsig»ga qarshi to‘qnash kelmoqdamiz. Bu endi birinchi qadam.

"Final haqida ko‘p ham o‘ylamasligimiz kerak. Bosqichma-bosqich borishimiz lozim. Birinchi guruhdan o‘tamiz, keyin ko‘ramiz.

Chempionlar Ligasi shunday murakkabki, har qanday jamoa sizni musobaqadan chiqarib yuborishi mumkin. Bu musobaqaning va futbolning haqiqati. Ertaga biz juda juda yaxshi o‘yinchilarga ega va o‘z uslubida o‘yin namoyish etadigan «Leypsig»ga qarshi to‘qnash kelamiz. Ular hamma jamoa bilan raqobatlasha oladi. Juda og‘ir guruhdamiz - biz har doimgidek darajada o‘yin ko‘rsatamiz va intilamiz", — dedi Rodri.

Manba: mancity.com
Kiritildi: 10:21, 15.09.2021.
O'qildi: 2389 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.