Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/12 01:00 Atletik Bilbao 0-0 PSJ
11/12 01:00 Bayer 2-2 Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D 2-2 Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge 0-3 Arsenal
11/12 01:00 Yuventus 2-0 Pafos
11/12 01:00 Real Madrid 1-2 Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika 2-0 Napoli
11/12 15:00 Gamba Osaka 2-0 Ratchaburi
11/12 15:00 Tep Han Nam Din 9-0 Istern
11/12 17:15 Beyjing Guoan 1-2 Makartur
11/12 17:15 Tay Po 1-0 Kongan Hanoi
11/12 17:15 Pathum Yunayted 0-2 Tampines Rovers
11/12 17:15 Kaya–Iloilo 0-1 Poxang Stilers
13/12 00:45 Lechche - Piza
13/12 01:00 Real Sosyedad - Jirona
13/12 18:00 Atletiko - Valensiya
13/12 19:00 Torino - Cremonese
13/12 20:00 Chelsi - Everton
13/12 20:00 Liverpul - Brayton
13/12 20:15 Malyorka - Elche
13/12 22:00 Parma - Lasio
13/12 22:30 Byornli - Fulhem
13/12 22:30 Barselona - Osasuna

Osiyo o‘q otish konfederasiyasi prezidenti Shayx Salmon Al Sabah MOQga tashrif buyurdi

Osiyo o‘q otish konfederasiyasi prezidenti Shayx Salmon Al Sabah MOQga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun Osiyo o‘q otish konfederasiyasi prezidenti Shayx Salmon Al Sabah O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi.

Martabali mehmonni MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov va Qo‘mita Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi olishdi. Dastavval MOQ rahbariyati mehmonlarni Qo‘mita faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdi va ularga o‘zbek sportining shonli tarixi haqida gapirib berishdi. Shundan so‘ng reja bo‘yicha, bir qator masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Qayd etish joiz, Al Sabahga ushbu konfederasiya Bosh kotibi Duayj Al Otaybi hamrohlik qildi. Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston o‘q otish federasiyasi raisi Oybek Norinboyev ham qatnashdi. So‘z avvalida Rustam Shoabdurahmonov Al Sabahning tashrifidan mamnun ekanligini bildirib o‘tdi.

«O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Sizdek mehmonni qabul qilishdan mamnun. Ushbu tashrifingiz milliy federasiyamiz bilan Siz rahbarlik qilayotgan tashkilot o‘rtasidagi iliq munosabatni yanada mustahkamlaydi, deb hisoblaymiz. Hurmatli Prezidentimizning yurtimizda sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti va sportga qaratayotgan e’tiborlari juda katta. U kishining qo‘llab-quvvatlashi bilan Toshkent viloyatida zamonaviy o‘q otish markazi barpo etilmoqda. Ishonamizki, bu markazning kelgusida foydalanishga topshirilishi ushbu sportda yangi chempionlarimizni kashf qilishimizda katta turtki bo‘ladi», – dedi MOQ rahbari.

O‘z o‘rnida martabali mehmon ham yangi g‘oya va rejalarni amalga oshirishda yordam berishga tayyor ekanini bildirib o‘tdi.

«Avvalambor, meni iliq kutib olganingiz uchun tashakkur aytaman. O‘zbekistonda bo‘lish men uchun sharaf. Ilk bor 2006 yil mamlakatingizga kelgan edim. Hozir O‘zbekistonning taraqqiyoti ulkan darajada o‘sgan. Darhaqiqat, qurilayotgan yangi o‘q otish markazi menda iliq taassurot qoldirdi. Uning imkoniyatlari har tomonlama yuqori ekanini bilib olish qiyin emas. Kelgusida o‘zbekistonlik sportchi va murabbiylarning malakalarini oshirish uchun yordam berishga tayyormiz», – dedi Al Sabah janoblari.

Samimiy ruhda o‘tgan suhbat davomida mamlakatimizda o‘q otish sportini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish, Toshkentda ko‘plab xalqaro tadbirlarni tashkil etish kabi istiqbolli masalalar muhokama qilindi. Tadbir yakunida mehmonlarga MOQning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Manba: @OlympicUz
Kiritildi: 20:23, 15.09.2021.
O'qildi: 1602 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.