Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Viktor Jalilov: “Muxlislarning yo‘qligi futbol uchun katta yo‘qotish”

Viktor Jalilov: “Muxlislarning yo‘qligi futbol uchun katta yo‘qotish”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 18-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Navbahor” (0:0) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida “lochinlar” ustozi Viktor Jalilov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Ehtimol, bugungi o‘yin u qadar tomoshabop kechmagandir, lekin keskin kurashlarga boy bo‘ldi. Jamoalar qaysi pog‘onadan joy olgan bo‘lmasin, barcha o‘yinlar juda og‘ir kechmoqda. O‘ylashimcha, bugungi durang adolatli bo‘ldi. “Paxtakor”da ham, bizda ham yaxshi vaziyatlar bo‘ldi, - deydi Viktor Jalilov.

- Quvondiq Ro‘ziyevning almashtirilishi nima bilan bog‘liq?

- U o‘yin tempiga ulgura olmadi, natijada u joylashgan qanotdan bir nechta hujumlarni o‘tkazib yubordik. Bunday holat hamma futbolchilarda uchraydi. Shu bois, o‘zgarish qilishga majbur bo‘ldik. Safimizda bu qanotda o‘ynaydigan futbolchilar yetarli. Zaxira almashishi o‘z so‘zini aytdi, deb o‘ylayman, o‘yinimiz kuchaydi. Qanotlardan qarshi hujumlar uyushtirdik. Ushbu chiziqdagi o‘yinni tenglashtirishga erishdik.

- Mutaxassis sifatida muxlislarsiz futbolga qanday qaraysiz?

- Albatta, hammaga qiyin bo‘lyapti, muxlislarga ham, futbolchilarga ham. Muxlislar yo‘qligida o‘yinchilar psixologik tomondan juda katta ruhiy energiya sarflashadi. Bugun stadionda muxlislar bo‘lganida, gollar ham ko‘rarmidik. Menimcha, o‘yinlarda sermahsullikning pasayishi muxlislarning yo‘qligi bilan bog‘liq. Ishqibozlar hujumdagi harakatlarga undashadi, o‘yindagi shiddat ortadi, albatta, muxlislarning yo‘qligi futbol, umuman, sport uchun katta yo‘qotish. Lekin shunga ko‘nishdan o‘zga chora yo‘q, bundan hech qayoqqa qochib bo‘lmaydi. Har holda, hissiyotlardan ko‘ra, insonlar salomatligi ustun.

- Bugungi o‘yinda “Navbahor” dastlab shiddat bobida “Paxtakor”dan ustun ko‘rindi. Lekin vaqt o‘tgani sari maydon egalaridagi mudroq harakatlar sizlarga ham yuqqandek ko‘rindi...

- “Paxtakor” – juda kuchli jamoa. Ular tarkibdagi futbolchilari bilan o‘yin tempini nazorat qila olishadi. Ha, biz qaysidir daqiqalarda tezkor hujumlar orqali vaziyatni o‘zgartirishga harakat qildik. Shu bois, “Paxtakor” ham bizning o‘yinimizga moslashishga intildi, tavakkal oldinga intilmadi, tartibli himoyalandi. Umuman, bugun har ikki jamoa hujumga qaraganda, mudofaadagi ishonchli harakatlar bilan ko‘proq ajralib turdi. Ochiq o‘yin ko‘rmadik, chunki “Paxtakor” bilan bunday o‘ynab bo‘lmaydi. Biz ham raqibni o‘rganamiz, qaysi hududlarni, qaysi futbolchilarni yopish kerakligini bilamiz. Futbolda ro‘y beradigan voqealarni oldindan aytib bo‘lmaydi. Qaysidir vaziyatlar ajoyib chiqadi, qaysidir holatlarda esa harakatlar o‘xshamaydi. Umuman olganda, yigitlar strategik tomondan bugungi o‘yin uchun o‘ylagan rejamizni amalga oshira olishdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:33, 16.09.2021.
O'qildi: 2707 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик