Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Davron Choriyev: «Birinchi bo‘limda o‘yinimiz yaxshi chiqmayapti»

Davron Choriyev: «Birinchi bo‘limda o‘yinimiz yaxshi chiqmayapti»

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Davron Choriyev Jahon chempionatining 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan Rossiyaga qarshi o‘yindan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Rossiyaga qarshi o‘yin og‘ir o‘tdi. Natija biz kutgandek bo‘lmadi, lekin bu natija ham keyingi bosqichga chiqish uchun imkon beradi. Ko‘p narsa Misrga qarshi kechadigan navbatdagi o‘yinga bog‘liq.

Rossiyaga qarshi bahs og‘ir kechishini kutgandik. Birinchi bo‘limda ko‘pinchi o‘yinimiz yaxshi chiqmayapti. Bu safar ham shunday bo‘ldi. Ikkinchi taymda esa o‘zimizni bosib olib, o‘z o‘yinimizni namoyish eta boshladik va hisobni tenglashtirdik. Bahs so‘ngida esa 2ta to‘p o‘tkazib yuborib, mag‘lubiyatga uchradik.

Endi bor e’tiborimizni uchinchi tur bahsiga qaratganmiz. Misr bizga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida hamma narsasini ko‘rsatmagan bo‘lishi mumkin. Bu jamoa safida individual jihatdan kuchli o‘yinchilar bor. Murabbiylarimiz raqib o‘yinini o‘rganib chiqib, bizga to‘g‘ri maslahatlar berishadi. Misrni mag‘lub etamiz, degan umiddaman", — dedi Choriyev.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:39, 17.09.2021.
O'qildi: 2810 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик