Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

1hls.uz mobil ilovasi foydalanuvchilariga po‘l to‘lash vaqtincha to‘xtatildi

1hls.uz mobil ilovasi foydalanuvchilariga po‘l to‘lash vaqtincha to‘xtatildi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

"O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 253-sonli qaroriga muvofiq, aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish bo‘yicha “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi, ya’ni www.1hls.uz veb-sahifasi hamda mobil ilovasi ishga tushirilgandi.

Mazkur platforma bo‘yicha joriy yil 10 iyundan-13sentyabrga qadar bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 yosh va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga jami 9,4 mlrd. so‘m mablag‘lar to‘lab berildi.

Shuningdek, har oyda har bir tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 300 ming so‘mdan, har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 500 ming so‘m, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga qo‘shimcha ravishda 1 mln. so‘m to‘lanib, joriy yil iyun-avgust oylari davomida jami 206,7 mln. so‘m mablag‘ foydalanuvchilar elektron hamyoniga o‘tkazib berildi.

Turizm va sport vazirligining Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga tushadigan tegishli daromadlar manbalarining bir me’yorda doimiy tushish imkoniyati cheklanganligini inobatga olib, mazkur shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida 500,0 mln. so‘mdan kam mablag‘ qolsa, mobil ilova bo‘yicha foydalanuvchilarga to‘lovlar, ushbu shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida 5,0 mlrd. so‘mgacha mablag‘ yig‘ilgunga qadar avtomatik tarzda to‘xtatilishi belgilab qo‘yilgan.

Bunda, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘lar 5,0 mlrd. so‘mga yetgunga qadar mobil ilovada o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarga to‘lanadigan to‘lovlar to‘lanmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, joriy yil 14 sentyabrdan boshlab mobil ilova bo‘yicha foydalanuvchilarga to‘lovlar vaqtincha to‘xtatilganligini ma’lum qilamiz", - deyiladi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 10:26, 18.09.2021.
O'qildi: 3202 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.