Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

O‘FA rahbariyati futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasiga tabrik yo‘lladi

O‘FA rahbariyati futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasiga tabrik yo‘lladi

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoamiz tarixiy natija qayd etdi. FIFA tomonidan o‘tkazilayotgan Jahon chempionatlaridagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alaba esa guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan holda Mundialning nimchorak finaliga yo‘llanma qo‘lga kiritishimizga sabab bo‘ldi.

Barcha futzalchilarimiz, murabbiylar shtabi, delegasiya rahbari, tibbiy shtab, menejer, administrator va media mutaxassislari, shuningdek, jamoamizni Litvada qo‘llab-quvvatlayotgan hamda ekran orqali muxlislik qilayotgan barcha ishqibozlarni ushbu g‘alaba bilan O‘FA nomidan, qolaversa butun futbol jamoatchiligi nomidan tabriklaymiz! O‘zbek futboli va futzali uchun bu juda katta g‘alaba. Chunki jamoaviy sport turlarida ham eng yuqori darajadagi turnirlarda yuqori natijalar qayd eta olishimizga ishonch ortdi.

Eng muhimi, jamoalarimiz g‘alabasini sog‘inib yashaydigan muxlislarimizga bayram kayfiyati taqdim etildi. Futzal terma jamoamiz katta yo‘lni bosib o‘tdi, eng kuchlilar bilan raqobatlashdi, Ispaniya va Portugaliyada o‘tkazilgan yig‘inlarda tajriba to‘plab, tayyorgarlikni yuqori darajaga olib chiqdi. Albatta, biz keyingi bosqichda ham jamoamizga ishonamiz va omad tilaymiz!, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 12:01, 19.09.2021.
O'qildi: 2456 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.