Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Mourinyo kecha Shomurodovni boshqa pozisiyada o‘ynatib xato qildimi?

Mourinyo kecha Shomurodovni boshqa pozisiyada o‘ynatib xato qildimi?

Baho:
+ | -

Kecha "Roma" Mourinyo boshqaruvida rasmiy o‘yinlardagi ilk mag‘lubiyatini "Verona"dan qabul qilib oldi. Qizig‘i, uchrashuvni Eldor Shomurodov asosiy tarkibda boshlagandi.

Bunda murabbiy Abraxamni ham asosiy tarkibga kiritdi va angliyalik futbolchini o‘z pozisiyasida o‘ynatdi, Eldorni esa orqaroqqa oldi. Bu holat Babayan davridagi O‘zbekiston termasini eslatdi. O‘sha vaqtda u Sergeevni oldinga tashlab, Eldorni biroz orqaroqda o‘ynatib keldi. Kuper davrida esa Eldor o‘z pozisiyasida o‘ynadi va rostmana porladi. "Roma"da ham hamyurtimiz oldingi chiziqda o‘zi ishtirok etgan barcha uchrashuvda foyda keltirdi.

Eldor murabbiy aytgan pozisiyada bemalol o‘ynashi va har nuqtadan turib jamoasiga foyda keltira olishiga shubha yo‘q. Ammo har bir futbolchi o‘zini o‘ng‘ayroq his qiladigan nuqtalar bor ekanini ham inkor etib bo‘lmaydi. Biz bunda Mourinyoni ham ayblay olmaymiz. Chunki unda vaqt kam edi va murabbiy Abraxam xarid qilingach, bir nechtagina rasmiy o‘yin o‘tkazdi xolos. Portugaliyalik uzoqni ko‘zlayapti va oldingi chiziqning 5-6 nafar asosiy futbolchisi biror sabab bilan safdan chiqib qolsa, keyingi rejalari qanday bo‘lishiga hozirdan oydinlik kiritib boryapti.

"Roma" navbatdagi uchrashuvni 23 sentyabr kuni o‘z maydonida "Udineze"ga qarshi o‘tkazadi.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 12:14, 20.09.2021.
O'qildi: 11854 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.