Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Qahramon Aslanovdan tahlil: «Barselona» ilojsiz holatga tushib qoldimi?

Qahramon Aslanovdan tahlil: «Barselona» ilojsiz holatga tushib qoldimi?

Baho:
+ | -

«Barselona» va krosslar esimni taniganimdan beri antonim bo‘lib keladi. Jamoa hatto standart vaziyatlarni ham mayda pas bilan davom ettirar, bosh bilan esa, faqat katta bayramlarda (ECHL finali, masalan) urardi.

La liganing 5-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Granada»ga qarshi o‘yinda (1:1) kataloniyaliklar 54 (!) kross amalga oshirdilar.

Bu nafaqat Ispaniya, balki APL uchun ham normal holat emas. Masalan, 5-turda hech qaysi ingliz jamoasi bu raqamga olib chiqmagan krosslar sonini. Bu tarzda to‘p uzatmalarni eng ko‘p amalga oshiradigan «Liverpul» hisobida besh turda 150 kross bor, ya’ni o‘rtacha bir o‘yinga 30 tadan to‘g‘ri keladi.

So‘nggi turda Angliyada eng ko‘p krossni «Byornli» (41) amalga oshirgan. Gol urishning boshqa yo‘lini bilmaydigan g‘irt britan jamoa. «Byornli».

«Barselona» esa, bunday statistika yuritila boshlagandan beri, faqat bir marta, 2005 yilda «Malaga»ga qarshi ko‘proq kross amalga oshirgan ekan - 55 ta.

Ushbu mavsumda ham bir o‘yinda o‘rtacha 10-15 bunday uzatmalar amalga oshirib kelgan Kuman shogirdlari o‘yin uslubini o‘zgartirmoqchimi, yo sabab Lyuk De Yongning bir taym maydonda harakat qilganimi yoki hammasi shunchaki ilojsizlikdanmi, keyingi o‘yinlar ko‘rsatadi.

Darvoqe, yagona gol Arauxo tomonidan bosh bilan urildi. Boshqa ehtimol ham yo‘q edi, manimcha.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 07:33, 21.09.2021.
O'qildi: 4928 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.