Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Xavyer Tebas: «Madrid» hech qachon «PSJ» bo‘lmaydi...

Xavyer Tebas: «Madrid» hech qachon «PSJ» bo‘lmaydi...

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasi prezidenti Xavyer Tebas nihoyat, «yorildi». Uning aytishicha, «PSJ» futbolda halol o‘yin olib bormayapti va «Real Madrid» hech qachon Parij klubi yo‘lidan bormaydi. Tebas mavsum-2023|2024ga qadar La Liganing yangi homiysiga aylangan Burger King bilan tuzilgan strategik shartnomani e’lon qilish chog‘i yana bir qator masalalarda keskin bayonot berdi.

«Madrid» va «PSJ» o‘rtasidagi farq

- Bemalol va dangal aytaman: ispan futboli vayrona holda emas. Jumladan, «Real»da ham, «Barselona»da ham barchasi o‘z joyida. Har holda, Yevropa klublarining kamida 80 foizi ahvoli biznikidan ancha yomon. Faqat «Madrid» haqida gapirsak, bu klub pandemiya davrini hammadan yaxshiroq o‘tkazdi. Deylik, maosh xarajatini sezilarli darajada kamaytirdi. Hozir «Real»da xohlagan ishiga qo‘l urish imkoniyati bor, faqat jamoa hech qachon «PSJ» tutgan yo‘ldan bormaydi. Yashirishga nima hojat: parijliklar halol o‘yindan yiroqlar. Oddiy fakt: «PSJ»ning maosh to‘lovi chamasi 600 million yevroga teng. Axir bu imkonsiz, klub davlat emas-ku...

CHLdagi salbiy natijalar...

- Tushuning, turnir endi boshlandi, oldinda o‘yinlar yetarli. Eslasak, o‘tgan yili ham boshida hammasi yaxshi emasdi, yakunda Ispaniya klublari «pley-off»ga chiqdi. Umuman olganda, La Liga darajasi CHLning sanoqli o‘yinlariga bog‘liq emas. Misol uchun, APL vakillari orada naq 6 yil davomida CHL kubogini yuta olishmadi, vaholanki, o‘shanda ham ichki chempionat ko‘tarilib borayotgandi...

La Liganing yangi favoritlari

- Birinchi navbatda, Vinisiusni alohida ajratib ko‘rsatishni istayman, unda ishonch ortdi, ayniqsa, raqiblar darvozasi oldida harakatlanish masalasida. Menimcha, Junior butun chempionat manzarasini o‘zgartirishga qodir yigit. Ha, uning oxirgi gol nishonlash sahnasi yoqmadi, lekin hechqisi yo‘q... Yana Ansu Fati va «Atletiko» vakili Lyorenteni ham tilga olishim mumkin. O‘ylaymanki, yaqin orada Fati va Vinisius ijrosidagi futboldan chinakamiga  zavq ola boshlaymiz.

KONMEBOL doirasidagi keyingi o‘yinlar

- O‘ylaymanki, keyingi xalqaro tanaffusda ham muammolarga duch kelamiz. Nachora, hozir shunday davr...

Joan Laportaga munosabati

- U bilan kecha WhatsApp orqa­li gaplashdim. Laporta mening umumiy fikrimdan xabardor, nimalar bo‘lganini yaxshi biladi. Barchasiga guvohlar ham bor. Boshqa gap yo‘q. Hozir La Liga ishlashda davom etishi kerak, biz esa kurashdan to‘xtamasligimiz zarur.

Muxlislarning stadionlarga qaytishlari

- Stadionlar xuddi ko‘ngil­ochar tadbirlarda bo‘lgani kabi maksimal darajada to‘lishini xohlaymiz. Ayni payt vaziyatni yaxshilash yo‘lida izlanyapmiz. Lekin futbol avtonom viloyatlar ko‘rsatmasiga bo‘ysunishga majbur, baribir.

So‘z

- Vinisius darhaqiqat, qirol bo‘lishi mumkin, chunki unda hozir chempionatga etishmayotgan o‘ziga xos jihatlari bor. Ammo ayni payt qirol boshqa - Benzema (tadbirda Xavyer Tebasga hamrohlik qilgan Guti so‘zidan iqtibos).

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:33, 22.09.2021.
O'qildi: 6871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.