Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Arsenal ustozi liga kubogida jamoa tarkibini butunlay o‘zgartirib tashladi (revyu)

Arsenal ustozi liga kubogida jamoa tarkibini butunlay o‘zgartirib tashladi (revyu)

Baho:
+ | -1

Kecha Londonning «Arsenal» klubi Angliya liga kubogi doirasida o‘z uyida «Uimbledon» klubini qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. Muxlislar bilan to‘lib-toshgan «Emireyts» o‘yingohida 3-0 hisobi qayd etildi. «Kanonirlar»ning Lyakazett ham kiritilgan ikkinchi tarkibi raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Stadionda jamoa muxlislari: «agar «Tottenxem»dan nafratlansang, o‘rningdan tur», deb kuylab turdilar. Darhaqiqat, «Arsenal» kelayotgan turni APLda «Tottenxem»ga qarshi o‘tkazadi. Kecha tarkibda Mikel Arteta tomonidan qilingan tanlov barchada hayrat uyg‘otdi. Negaki, ispaniyalik mutaxassis «Byornli» bilan bo‘lgan o‘yinga qaraganda 10 ta o‘zgarishga qo‘l urgandi. Liga kubogining oldingi, «Vest Brom»ga qarshi to‘qnashuvida Arteta jamoasi ikkita mag‘lubiyat bilan yetib kelgandi. Bunisida esa ikkita g‘alabali seriya bilan tashrif buyurdi.

 

Qilingan bunday keskin o‘zgarishlar Mikelga ikkinchi tarkibni ham sinovdan o‘tkazib olish imkoniyatini berdi. Ushbu tarkibda eskilarlardan faqatgina Tomas Parti bor edi, xolos. Ganalik futbolchi katta ehtimol bilan yakshanba kungi bahsda ham maydonga tushiriladi. To‘pchilar tarkibida kamnamo futbolchilardan biri bu Gabriyel Martinellidir. U kechagi o‘yinni o‘ng qanot hujumida boshlab berdi. Braziliyalik bolakay 10-daqiqadayoq Lyakazett uchun penalti ishlay oldi va hisob ochilishiga sababchi bo‘ldi. Garchand Martinellining o‘yinga bo‘lgan ta’siri sezilgan bo‘lsada, u bahsda tugatmadi va 15 daqiqa oldin Bukayo Sakaga almashtirildi. 3 raundda Eddi Nketiya ham asosiy tarkibk o‘yinchisi sifatida qayd etildi. Akademiyadan chiqqan yulduz futbolchi asosan o‘z o‘yinlarida ko‘plab vaziyatlarni ko‘kka sovurishi bilan «tanilgan». U gol urganiga qaramay, yangi mavsum APLda unga ko‘p ham imkon berilmaydi. Shu sabab u katta ehtimol bilan o‘z faoliyati uchun boshqa klub topishi lozim.

Aleksandr Lyakazett kecha sardor sifatida maydonga jamoani boshlab tushdi. U o‘yinga yuqori daraja berishi kutilgandi. Ammo fransuz hujumchisining o‘yini kutilganidek bo‘lmadi. Undan ko‘ra yoshlarning, Smit-Rou hamda Bukayo Sakaning harakatlari so‘nggi daqiqalarda hisobga o‘zgarishlar kiritilishini ta’min etdi. Ushbu juftlik gol yaratishda bir-birini yaxshi tushunishdi. Rou va Nketiyalarning goli bahsga mantiqiy yakun bo‘ldi. Saka ham deyarli shunga yaqin kelgan edi. Ammo raqib darvozaboni Nik Sanev bunga yo‘l qo‘ymadi.

«Arsenal» klubining so‘nggi yillarda asosiy futbolchilariga aylantirilgan Obameyang, Martin Edegor hamda Kiran Tirni kabi o‘yinchilarga butunlay dam olish imkoniyati yaratildi. Ular «Tottenxem»ga qarshi muhim bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Umuman olganda, o‘yinning ikkinchi bo‘limi nisbatan sokin boshlandi. Ikki taraf ham dastlab keskinlik sodir etmadi. Shu tariqa o‘yin mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:03, 23.09.2021.
O'qildi: 4035 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.