Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

YECHL. Amaldagi chempion musobaqani qiyin g‘alaba bilan boshladi, endi ularni «Yuventus» kutib turibdi

YECHL. Amaldagi chempion musobaqani qiyin g‘alaba bilan boshladi, endi ularni «Yuventus» kutib turibdi

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi amaldagi chempioni «Chelsi» haqida ma’lumotlarni taqdim etamiz.

UYEFA reytingi (2020/21 mavsum yakuni): 11

Qanday yetib kelishdi: UYEFA Chempionlar Ligasi g‘olibi

O‘tgan mavsum: G‘olib (g‘alaba, 1:0 "Manchester Siti")

Yevrokuboklardagi eng yaxshi ishtirok: g‘olib (2011/12, 2020/21)

 

Bosh murabbiy: Tomas Tuxel (Germaniya)

Yanvar oyida jamoa boshqaruviga kelgan mutaxassis darhol 14 o‘yinni mag‘lubiyatsiz o‘tkazdi va klub tarixida bu ishni amalga oshirgan ilk murabbiyga aylandi. «Mayns» va «Dortmund» sobiq bosh murabbiyi o‘tgan mavsum «ko‘klar» safiga kelib qo‘shilishidan oldin 2020 yilda PSJ bilan Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib borgandi.

Asosiy o‘yinchi: Ngolo Kante

Tuxel qo‘lostidan qayta jonlangan va Jorjinyo bilan ikkita oltitalik hududda o‘ynagan fransiyalik xavbek o‘tgan mavsum fantastik ko‘rindi. Tinim bilmaydogan 30 yoshli Kante o‘tgan mavsum Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi «Real»ga qarshi ikki o‘yinda ham uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi hamda finalda "Manchester Siti" futbolchilariga qarshi yana bir san’at asarini namoyish etdi.

Yozgi eng katta xaridi: Romelu Lukaku

«Chelsi»ning rekord darajadagi xaridi va Belgiya terma jamoasi to‘purari ularning hujum chizig‘iga ulkan qo‘shimcha bo‘la oldi. 28 yoshli forvard o‘tgan mavsum «Inter» safida 24 gol urishga erishdi va 11 yillik tanaffusdan keyin «neradzurrilar»ni Italiya chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi. Undan oldin esa Lukaku «Anderlext», "Vest Bromvich", «Everton» va "Manchester Yunayted" safida ajoyin o‘yinlar o‘tkazgan edi.

O‘yinini ko‘rish kerak: Kallum Hadson-Odoi

«Chelsi» yoshlar akademiyasining yana bir mahsuloti va 20 yosh bo‘lishiga qaramasdan Tuxel qo‘lostida jamoaga borgan sari katta ta’sir ko‘rsatishni boshlagan angliyalik xavbek gollar va yaratuvchanlikni taklif etmoqda.

Bilasizmi?

Eduar Mendi o‘tgan mavsum Chempionlar Ligasining 12 o‘yinida 9 quruq o‘yin o‘tkazdi va musobaqa tarixida Angliya jamoalari orasida bitta mavsumda shunday natijaga erishgan ilk darvozabon bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» guruh bosqichi 1-turida «Zenit»ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi turda ularni Turinda «Yuventus»ga qarshi bahs kutib turibdi. Turinliklar dastlabki bahsda «Malmyo» maydonidan yirik g‘alaba (3:0) bilanq qaytishhgan edi.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 16:22, 24.09.2021.
O'qildi: 5380 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.