Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

OFK vakillari O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga tashrif buyurishdi

OFK vakillari O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga tashrif buyurishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun Osiyo futbol konfederasiyasi bosh kotibining o‘rinbosari Vohid Kardaniy va OFKda samarali faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik mutaxassis Sanjar Rizayev O‘zbekiston futbol assosiasiyasida mehmon bo‘lib, O‘FA rahbariyati bilan uchrashishdi.

Uchrashuv mobaynida dastlab O‘zbekiston futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan sezilarli yutuqlar haqida so‘z yuritildi. O‘FA hamda OFK o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlari ishonch va hurmat asosida qurilgan ekanligini alohida ta’kidlandi.

O‘FA bosh kotibi Avaz Maksumov Osiyo futbol konfederasiyasi bilan yaqin hamkorlikda keng ko‘lamli hamkorlik dasturlari va loyihalarini amalga oshirilishdan har doim mamnun ekanligini aytdi.

Muloqot davomida Vohid Kardaniy O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mutaxassislari bilan suhbatlashib, ayni paytda mamlakatimiz maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi saralash bahslarining tashkilotchiligi uchun minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

Bundan tashqari, pandemiya paytidagi futboldagi o‘zgarishlar, OFK tuzilmasiga oid yangiliklar bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, O‘zbekiston futzal terma jamoasining xalqaro maydonda ko‘rsatayotgan natijasini e’tirof etdi va bugungi bahsda jamoamizga omad tiladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 19:21, 24.09.2021.
O'qildi: 1963 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик