Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

APL. 6-turning markaziy uchrashuvi "Stemford Bridj"da o‘tkaziladi (prevyu)

APL. 6-turning markaziy uchrashuvi "Stemford Bridj"da o‘tkaziladi (prevyu)

Baho:
+ | -1

Bugun Angliya-Premyer Ligasi 6-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarga start beriladi. Turni «Chelsi» hamda "Manchester Siti" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv ochib beradi.

Mazkur markaziy o‘yindan oldin qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etib o‘tamiz.

«Chelsi» tarixda ilk bor Pep Gvardiola jamoalarini qatorasiga to‘rinchi marta mag‘lubiyatga uchratgan ilk klubga aylanishi mumkin.

Tomonlarning APL doirasidagi oxirgi 12 bahsi durang natija bilan tugamagan. «Chelsi»da 5, «Siti»da esa 7 g‘alaba mavjud.

Joriy mavsum Premyer-Liganing 5 o‘yinida «Chelsi»ning 10 nafar o‘yinchisi gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda avtogollar hisobga olinmagan. Oxirgi marta bunday natijaga «Arsenal» 2009/10 yilgi mavsumda erishgan va bu natijani dastlabki 4 turda uddalagandi.

"Manchester Siti"ning Kevin de Bryuynesi Premyer-Liga o‘yinidan o‘rin olgan «Chelsi»ga qarshi oxirgi 3 to‘qnashuvning har birida gol urgan - faqat Kreyg Bellami musobaqada o‘ynagan maxsus bitta kklub darvozasiga ketma-ket 4 bahsda gol urgan (2007-2011, «Nyukasl» darvozasiga).

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Maykl Oliver

Qanot hakamlari: Styuart Burt, Simon Bennett

To‘rtinchi hakam: Robert Jons

VAR: Darren Ingland

VAR yordamchisi: Den Robatan

 

Taxminiy tarkiblar

Chelsi - Mendi, Kristensen, Ryudiger, Silva, Aspilikueta, Alonso, Jorjinyo, Kovachich, Xaverts, Ziyesh, Lukaku

Manchester Siti - Ederson, Uoker,Ake, Diash, Kanselu, Fernandinyo, Foden, De Bryuyne, Jezus, Torres, Grilish.

 

Yo‘qotishlar

«Aristokratlar» safida Meyson Maunt jarohati bois maydonga tusha olmaydi. Kristian Pulishich va Eduar Mendi ham olgan jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lganicha yo‘q, ularning harakat qilishi noma’lum.

«Shaharliklar» safida Jon Stouns, Emerik Laport, Rodri, Zinchenko, Gyundogan - barcha o‘yinchilar kichik jarohat olganlari bois ularning maydonda harakat qilishi so‘roq ostida. Benjamin Mendi anchadan beri maydonga tushmayapti.

Raqamlar

"Manchester Siti" Premyer Liga doirasidagi oxirgi 4 o‘yinda darvozasidan to‘p olib chiqmadi.

«Chelsi» APLda oxirgi 3 uy uchrashuvida faqat g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

«Chelsi» barcha musobaqalarda "Manchester Siti"ga qarshi so‘nggi 3 bahsda g‘alaba qozongan.

Londonliklarning APLdagi oxirgi 3 o‘yinida 2,5 tadan ko‘proq gol kiritilgan.

«Chelsi» oxirgi uch o‘yinda kamida ikkitadan gol urgan (Premyer Liga).

Jamoalar APLda o‘zaro 48 marta to‘qnash kelishgan. «Chelsi» 27 marta g‘alaba qozongan bo‘lsa, 14 o‘yinda «Siti» zafar quchgan. 7 bahsda durang natija qayd etilgan.

Ayni vaqtda APL musobaqa jadvalida 13 ochko to‘plagan «Chelsi» birinchi, 10 ochko bilan "Manchester Siti" beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:15, 25.09.2021.
O'qildi: 3727 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик