Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Piter Xyuistra: "Avvalgi xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqardik"

Piter Xyuistra: "Avvalgi xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqardik"

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi "Turon" bilan bahsdan keyin bellashuv xususida fikrlarini bildirdi.

- O‘yinni juda yaxshi boshladik. Gol ham urdik. Birinchi bo‘limda katta ustunlikka ega bo‘ldik. Tanaffusga chiqishdan oldin futbolchilar bir oz hushyorlikni yo‘qotishdi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki 5 daqiqasida ko‘rsatgan o‘yinimizni tushunmadim. Bu men bilgan “Paxtakor” emasdi. Sustkashlikka yo‘l qo‘yishimiz natijasida raqib muvozanatni tikladi. Lekin keyin tashabbusni qo‘lga oldik. O‘yindagi ustunlikni hisobda ham aks ettirdik. Qaysidir ma’noda o‘tgan tur “Andijon”dan uchralgan mag‘lubiyat tasodif ekanligini isbotladik. Bugungi o‘yindan ko‘nglim to‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda raqib oldinga o‘tdi. Ular tanaffusdan so‘ng yangi hujumchi bilan maydonga chiqishdi. Natijada ularning murabbiyi tanlagan taktikadan so‘ng bizda ko‘proq hujumga o‘tish imkoniyati yuzaga keldi. Hisobni tenglashtirishgani bilan bizga ko‘p bo‘sh hududlarni yaratishdi. “Turon”ning o‘zgarishlari bevosita bizning o‘yinimiz o‘zgarishiga olib keldi. To‘liq hududlarni yopgan holatda hujum qilishning imkoni yo‘q. Juda qiyin. Jismoniy tomondan muammo yo‘q. Futbolchilar juda yaxshi holatda.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 23:58, 25.09.2021.
O'qildi: 1927 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик