Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

YECHL. Xoland va uning jamoasi "Borussiya Dortmund" haqida

YECHL. Xoland va uning jamoasi "Borussiya Dortmund" haqida

Baho:
+ | -

Germaniya chempionatida «Bavariya»ga asosiy raqobatchi hisoblangan "Borussiya Dortmund" joriy mavsum Erling Xolandning gollari hisobiga biror bir natijaga erishishi mumkin.

UYEFA reytingi (2020/21 yakuni): 14

Qanday yetib kelishdi: Bundesligada 3-o‘rin

O‘tgan mavsum: chorak final (mag‘lubiyat, umumiy 2:4 "Manchester Siti")

Yevrokuboklardagi eng yaxshi ishtirok: g‘olib (1996/97)


Bosh murabbiy: Marko Roze

«Gannover» va «Mayns»ning sobiq bosh murabbiyi Roze murabbiylik faoliyatini Yurgen Klopp va Tomas Tuxel kabi «Mayns»da yordamchi murabbiy bo‘lib boshlagan. 2017-2019 yillarda «Zalsburg»ni mamlakat chempioni qilganidan so‘ng, Myonxengladbaxning «Borussiya» klubini boshqardi va jamoani 2020/21 yilgi mavsumda YECHL nimchorak finaliga qadar olib chiqadi. Shundan keyin "Borussiya Dormund" tizginini o‘z qo‘liga oldi.

Asosiy o‘yinchi: Erling Xoland

Norvegiyalik sobiq yulduz Alf-Inge Xolandning o‘g‘li, 21 yoshli allaqachon jahonning eng qo‘rqinchli hujumchilaridan biriga aylanib ulgurgan. 19 yosh vaqtida «Zalsburg» safida Chempionlar Ligasida dastlabki xet-trigiga erishganidan keyin o‘sishdan to‘xtayotgani yo‘q. U Dortmunddagi birinchi uch mavsumida urgan gollari soni 1 o‘yinda o‘rtacha bittani tashkil etmoqda.

Yozgi eng katta xaridi: Donell Mallen

22 yoshli niderlandiyalik xalqaro maydonda o‘zini ko‘rsatishi lozim. Jeydon Sancho MYU bilan shartnoma imzolaganidan keyin uning hududi Mallen bilan to‘ldirildi. PSV klubida 81 chempionat o‘yinlarida 40 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan vinger, Xoland va Royslarning yonida ushbu ko‘rsatkichni yanada yaxshilashga intilmoqchi.

O‘yinini ko‘rish kerak: Yussufa Mukuku

10 oy oldin Mukuku Bundesliga tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangandi, keyinchalik ya’ni 16 yosh 18 kunligida esa Yevropa Chempionlar Ligasidagi rekordni ham yangilashga ulgurdi. Xoland va Malendan keyin asosiy tarkib uchun navbatda turgan Germaniyaning yoshlar terma jamoasi a’zosining vaqti ham tez orada keladi.

Bilasizmi?

Dortmund klubi o‘tgan mavsum chorak finalda ishtirokini tugatgan, shunday bo‘lsada, Xoland 8 o‘yinda 10 gol urgan holda YECHLning 2020/21 yilgi mavsumi to‘purari bo‘lgan.

Germaniya klubi bu mavsum guruh bosqichida «Ayaks», «Beshiktosh» va «Sporting» jamoalari bilan bellashadi. Dastlabki turda dortmundliklar 2:1 hisobida Turkiya klubini mag‘lubiyatga uchratdi.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 07:06, 27.09.2021.
O'qildi: 1857 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.