Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Shimoldagi derbi xulosalari (revyu)

Shimoldagi derbi xulosalari (revyu)

Baho:
+ | -

Kecha Angliyadagi eng uzoq tarixlardan biriga ega bo‘lgan derbi o‘tkazildi. Bu jang poytaxt shaharning shimolini qaysi rangga «bo‘yalishi»ni ko‘rsatib berishi kerak edi. «Arsenal» o‘z uyida «Tottenxem»ni qabul qildi va g‘alabaga erishdi. Bu oddiy g‘alaba emas, jamoaga ishonch baxsh etgan, jamoani dushmanday raqibi ustidan qozonilgan va jamoani ulardan yuqoriroqqa olib chiqqan g‘alaba bo‘ldi.

«Tottenxem» klubining yangi ustozi Eshpiritu Santu endi klubda o‘z o‘rnini saqlab qolish uchun harakatni boshlashi kerak bo‘ladi. Chunki uning jamoasi ketma-ket uch turdan buyon darvozasidan 3 tadan gol o‘tkazib yubordi. Ular kechagi o‘yinning 34 daqiqasidayoq o‘z darvozasidan allaqachon 3 ta gol olib chiqishga ulgurgan edilar. «Arsenal» safida Smit-Rou, Obameyang hamda Sakaning gollari o‘yinning dastlabki bo‘limida raqib ruhiyatini sindirib qo‘ygandi. Son 79 daqiqada hisobni qisqartira oldi, ammo unda juda kech edi. Nuno va uning jamoasi uchun shu tariqa mavsum avvalidagi muvaffaqiyatli seriya o‘tmishga aylandi. APLning dastlabki 3 ta o‘yinida «Tottenxem» jadvalda peshqadam, «Arsenal» esa, ochkosiz holda so‘nggi o‘rinda turgan edi. Ammo 6 turgacha jamoalar qayd etgan natijalar «kanonirlar»ni 10 o‘ringa ko‘tardi va «Tottenxem»dan balandda joylashishini ta’minladi.

Shu yilning 30 iyun kuni «shporlar»ni qabul qilib olgan Nuno hozirga kelib, 2019 yili Pochettino boshchiligida YECHL finalida o‘ynagan jamoaning faqat soyasi qolganiga guvohi bo‘lmoqda. Klub yetakchisi Harri Keyn esa yozda «Manchester Siti»ga o‘ta olmaganidan afsusda. Balki shu sabab 6 turdan beri hali gol urgani yo‘qdir. Nafaqat, Keynda balki, butun jamoa ruhiyati birdek horg‘inlikka cho‘mgan ko‘rinadi. Negaki, «shporlar»ning saviyali futbolchilari ham anchadan beri nomutanosibliklardan aziyat chekmoqda.

O‘yin haqida

«Arsenal» tarkibidagi o‘z pozisiyasida unumli o‘yin ko‘rsatganlar orasida Saka, Rou hamda Tomasni alohida ta’kidlash lozim. Aynan shu futbolchilar sa’y-harakati bilan «to‘pchilar» 11 daqiqadayoq hisobda oldinga chiqdi. Sakaning jarima maydonchasi ichiga kesib uzatgan to‘pini Emil darvozaga joyladi. 21 yoshli hujumkor futbolchi liga kubogida ham «Uimbledon»ga qarshi 3-0 hisobidagi g‘alabada hisobni ochgan edi. Hatto, Parti ham sal qolsa o‘zining debyut golini urishga yaqin keldi. Ammo Lyorisning mahorati bunga to‘sqinlik qildi. Oradan ko‘p o‘tmay, Son raqib darvozasiga kuchli zarba yo‘lladi. Uning harakati Ramsdeyl tomonidan bartaraf etildi. Shunday paytda, 27 daqiqada Arteta shogirdlari hisobni yiriklashtirdi. Chap qanotdan oshirib berilgan passni Obameyang golga aylantirdi. Hisob 2-0 bo‘lgandan 7 daqiqa o‘tib, Bukayo Saka 3 golni kiritdi. Uning bu goldagi individual mahorati barchani qoyil qoldirdi. Shu tariqa birinchi bo‘lim yakun topdi. Eshpiritu Santu tanaffusda ikkita o‘zgarish qildi: Dele Alli hamda Jafet Tangangaw o‘rniga Oliver Skipp hamda Emerson Royal(«Barselona»)ni tushirdi. Biroq bu futbolchilar o‘yinda unchalik ham o‘zgarish yasamadi. Shu tariqa Sonning so‘nggi daqiqalarda kiritgan golidan keyin muxlislar boshqa gol ko‘rmadi.

Xulosa qilib aytganda «Tottenxem» o‘yini zaiflashgan. Jamoaga g‘oya yetishmayapti. Futbolchilar saviyasi yomon emas, ammo murabbiy faktori muhim jihatlardan biri. Harxolda, tasodiflar 3 marta 3 tadan gol o‘tkazish bilan ifodalanmaydi. «Arsenal» futbolchilariga esa tasanno. Ular o‘z darajalariga bir qadar qayta olishdi. Jamoa haqida xulosa berishga erta bo‘lsa ham, Arteta jamoasini o‘zi tushirgan jarlikdan o‘zi tortib olmoqda. «Kanonirlar»ni oldinda uzoq mavsum kutmoqda. Bu mavsum bir frontda kechadi va yakunda nimalargadir erishishni talab etadi.

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:50, 27.09.2021.
O'qildi: 2228 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.