Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 00:00 Borussiya D 4-2 Atletiko
17/04 00:00 Barselona 1-4 PSJ
17/04 00:00 Borussiya D 4-2 Atletiko
17/04 00:00 Barselona 1-4 PSJ
17/04 12:00 Vyetnam 1-1 Myanma
17/04 14:00 O‘zbekiston 3-2 Avstraliya
17/04 16:00 Tailand 3-1 Xitoy
17/04 18:00 O‘zbekiston 2-0 Malayziya
17/04 19:00 Saudiya Arabistoni 1-5 Iroq
17/04 20:30 Vyetnam 3-1 Kuvayt
18/04 00:00 Bavariya - Arsenal
18/04 00:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/04 00:00 Bavariya 1-0 Arsenal
18/04 00:00 Manchester Siti 1-1 Real Madrid
18/04 12:00 Tojikiston - Janubiy Koreya
18/04 14:00 Eron - Afg‘oniston
18/04 16:00 Yaponiya - Qirg‘iziston
18/04 18:00 Indoneziya - Avstraliya
18/04 19:00 Kuvayt - Bahrayn
18/04 20:30 Iordaniya - Qatar
19/04 12:00 Xitoy - Vyetnam
19/04 14:00 Avstraliya - Saudiya Arabistoni
19/04 16:00 Myanma - Tailand
19/04 18:00 BAA - Yaponiya
19/04 19:00 Iroq - O‘zbekiston
19/04 20:30 Xitoy - Janubiy Koreya
19/04 20:30 Tailand - Saudiya Arabistoni
19/04 21:30 Jenoa - Lasio
19/04 23:00 Tojikiston - Iroq
19/04 23:45 Kalyari - Yuventus
20/04 00:00 Nissa - Loryan
20/04 00:00 Atletik Bilbao - Granada

«Real»da omadi chopmaganlar. Ular kimlar edi?

«Real»da omadi chopmaganlar. Ular kimlar edi?

Baho:
+ | -

«Real Madrid» klubida ko‘plab yulduzlar to‘p surgan. Hozir ham to‘p surmoqda. Yana qanchadan-qancha futbol yulduzlari bu jamoada o‘ynashni orzu qiladi. Chunki bu klub buyuklikka erishgan, eng sovrindor va mashhurlardandir. Klubning hozirgi transfer siyosati asosan kelajak uchun mo‘ljallangan. Ya’ni, ular kelajakda jamoani yuqoriga ko‘tara oladigan, yosh iqtidorlarni yig‘ish bilan shug‘ullanadi. Shunday bo‘lsada bu strategiyani sal’biy tomoni ham bor. Yaqin o‘tmishda «Real»da shunday talantli futbolchilar to‘p surgan, lekin hozir ular mutlaqo boshqa joylarda. Ularning harakatlarini ko‘ra turib, odamlar klub kelajagi bo‘ladi deb o‘ylashgan edi. Ularni biz hozirda «Barselona» afsonasi, APL g‘olibi va «MYU» yulduzi deb bilamiz. Hozir shunday futbolchilardan bir nechtasini e’tiboringizga havola etmoqchimiz.

Xuan Mata

«Valensiya» klubida o‘z nomini tarixga yoza olgan futbolchi, keyinchalik APLga yo‘l oladi. Avval «Chelsi»da, keyin esa «qizil iblislar» tarkibiga borib qo‘shiladi va hozirgacha biz uni «MYU» yulduzi deb bilamiz. Mata aslida, «Real Madrid»dan chiqqan futbolchi sanaladi. Hujumkor yarim himoyachi 15 yoshida qirollik klubiga kelib qo‘shilgan. U dastavval jamoaning ikkinchi tarkibida to‘p surdi. Mata u yerda 10 ta golga mualliflik qilgan edi. Futbolchining klub bilan tuzgan bitimida boshqa klublar bilan muzokaralarga ruxsat etilgandi. Shu sabab u 2007 yilda «Valensiya»ga ko‘chib o‘tadi.

Samyuyel Eto'o

«Real» bu futbolchini yetishtirib, faqat o‘ziga-o‘zi zarar keltirdi. Negaki, Samyuyel bir kun kelib, eng ashaddiy raqib jamoa bo‘lgan «Barselona» afsonasiga aylanadi. Kamerun termasi a’zosi, hozirgi kunga kelib, xonandalik bilan shug‘ullanmoqda. Eto'o «Real»da bo‘lgan yillarda uning yo‘li Raul, Fernando Moryentes va Ronaldo kabi yirik yulduzlar tomonidan «yopib qo‘yiladi». «Real»dagi yetti uchrashuvdan iborat faoliyati davomida darvozaga birorta aniq zarba bera olmagan futbolchi 2000 yilda «Malyorka»ga ko‘chib o‘tadi.

Fabinyo

Hozirda «Liverpul» futbolchisi bo‘lgan braziliyalik, bir paytlar «Real» tomonidan katta umidlar og‘ushida edi. Fabinyo 18 yoshida Braziliyaning «Fluminense» klubidan xarid qilinadi va jamoaning «B» tarkibiga qo‘shiladi. U yerda Alvaro Morata, Kazemiro, Lukas Vazkez kabi bo‘lajak yulduzlar bor edi. O‘sha davrdagi bosh murabbiy Joze Mourinyo Fabinyoga 2013 yilda «Malaga»ga qarshi bahsda debyut qilish imkonini beradi. Ammo portugaliyalik murabbiyning jamoadan ketishi, futbolchini «Monako»ga ijaraga berib yuborilishiga olib keladi. U keyinchalik fransuz klubi bilan doimiy shartnoma tuzadi.

Markos Alonso

«Chelsi» klubi himoyachisi Alonso Madrid shahrida dunyoga kelgan va «Real» akademiyasiga juda yosh paytida qo‘shilgan. U o‘zini faqat yaxshi tomondan ko‘rsatadi va 2010 yilda murabbiy Manuel Pellegrini tomonidan ilk imkoniyatga ega bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, Alonsoning omadi ha deganda yurishib ketavermaydi. Bu esa futbolchini Angliyaga «Bolton» klubiga ijaraga berib yuborilishiga sabab bo‘ladi. U keyinchalik «Fiorentina»ga sotilgandi. «Sanderlend» klubida ham bir muddat o‘ynagan Markosni keyinchalik, «aristokratlar» o‘z safiga qo‘shib oladi.

Roberto Soldado

Ispaniyaning Valenciya shahrida tug‘ilgan futbolchi, 15 yoshida «Real» akademiyasiga olib kelinadi. Hujumchi klubning «B jamoasi»da fantastik o‘yin ko‘rsatadi. U o‘shanda 120 ta o‘yinda 63 ta golga mualliflik qilgandi. Ammo Soldado asosiy jamoada bu formasini saqlab qola olmadi. U 4 yil davomida atigi 19 marta maydonga tushirilgan va 4 ta gol urgan. Ko‘p o‘tmay, hujumchi bosh murabbiy Fabio Kapello tomonidan sotib yuboriladi. Soldado «Tottenxem»ga 26 million funt evaziga tashrif buyuradi va qisqa davr ichida yulduz futbolchiga aylanadi.

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 09:25, 28.09.2021.
O'qildi: 6848 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.