Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Brunu: «U g‘oliblik mentalitetiga ega»

Brunu: «U g‘oliblik mentalitetiga ega»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh jamoadoshi Rafael Varan haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, himoyachi yozda «Real»dan 40 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi.

«Varan - haqiqiy g‘olib va yetakchi. U ko‘p mehnat qiladi va atrofdagilarning yaxshi progress qilishiga yordam bera oladi. U g‘oliblik mentalitetiga ega va ko‘p narsaga erishib bo‘lgan.

Rafa jamoaga endigina qo‘shildi va bu biz uchun juda muhim. Albatta, u juda kamtarin, lekin maydonda qo‘rqinchli bo‘ladi. Menimcha, hammasi oldinda», - deydi Fernandesh.

Varan 2011 yildan 2021 yilgacha «Real» futbolchisi bo‘lgan. Madrid klubi tarkibida u to‘rt marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Bu mavsumda u Premyer-ligada 4 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 19:46, 28.09.2021.
O'qildi: 2204 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик