«Sevilya» va Argentina terma jamoasi yarimhimoyachisi Lukas Okampos Lionel Messi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Leo - oddiy yigit. U kameralar oldida va maydonda bir xil. Messi hamma davrlarning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishiga qaramay xotirjam, kamtar va u bilan muloqot qilish oson.
Uning «Barselona» safida emasligi va biz endi bir-birimizga qarshi o‘ynay olmasligimizni qabul qilish juda qiyin», - deydi argentinalik futbolchi.