Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

YECHL. «Benfika» 60 yildan beri «Barselona»ni yuta olmayapti (prevyu)

YECHL. «Benfika» 60 yildan beri «Barselona»ni yuta olmayapti (prevyu)

Baho:
+ | -

«Benfika» bugun Chempionlar Ligasi guruh bosqich 2-tur doirasida Lissabonda «Barselona»ni qabul qiladi va 60 yilda ilk bor mag‘lub etishga urinib ko‘radi.

Birinchi turda Portugaliya klubida Kiyevda «Dinamo» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan holda dastlabki ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, «Barselona» o‘z maydonida «Bavariya»dan uchta golni qabul qilib olgandi. Shu tariqa, Kataloniya klubi o‘z tarixida ilk bor yevrokubok o‘yinlarning ketma-ket uchtasida mag‘lubiyatga uchradi.

 

Oldingi uchrashuvlar

Jamoalarning oxirgi kesishgan yo‘li Chempionlar Ligasining 2012/13 yilgi mavsumi guruh bosqichiga borib taqaladi. O‘shanda 2-tur doirasida Lissabonda o‘tgan o‘yinda Sanches va Fabregaslarning gollari «Barselona»ga 2:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etgandi. 6-turda, "Nou Kamp"da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda gol kiritilmagan. O‘shanda guruhda «Barselona» birinchi, «Benfika» uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. O‘sha bahs «Barselona» va «Benfika» qarama-qarshiligida g‘olib aniqlanmagan ilk uchrashuv sifatida yodda qolgan.

Klublarning birinchi bellashuvi 1961 yilda o‘tkazilgan. Bela Gutmanning «Benfika»si «ko‘k-anorranglilar»ni 3:2 hisobida yenggan.

Jamoalar 2006 yilda YECHL chorak finalida to‘qnash kelishgan va Ronaldinyo hamda E'toOning gollari "Barselona"ni yarim finalga olib chiqqan.

Tomonlar Chempionlar Ligasi doirasida jamo 7 bor uchrashishgan. Shulardan uchtasida «Barselona», bittasida «Benfika» g‘alaba qozongan. To‘plar nisbati - 8:4 «Barselona» foydasiga.

Taxminiy tarkiblar

Benfika - Vlakodimos, Verissimo, Otamendi, Vertongen, Gilberto, Mario, Vaygl, Grimaldo, Nunes, Rafa, Yaremchuk

Barselona - Ter-SHtegen, Mingesa, Arauxo, Pike, Dest, Buskets, de Yong, Koutinyo, Demir, Depay, Lyuk de Yong.

 

Yo‘qotishlar

Mezbonlar safida Haris Seferovich, Mila Svilar jarohati bois maydonga tusha olishmaydi. Diogu Gonsalveshda ham kichik jarohat mavjud, lekin uning qatnashishi so‘roq ostida.

Kataloniyaliklar safida yo‘qotishlar bisyor. usmon Dembele, Pedri, Breytueyt, Aguero, Alba jarohat olishgan. Balde va Serj Robertolar ham jarohatdan tiklanish jarayonida va ularning qatnashishi noma’lum.

 

Raqamlar

«Barselona» barcha musobaqalarda «Benfika»ga qarshi so‘nggi 4 o‘yinda gol o‘tkazib yubormadi.

«Benfika» Chempionlar Ligasida oxirgi 7 uchrashuvining beshtasida darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

«Benfika» oxirgi 5 YECHL o‘yinida mag‘lubiyatga uchramadi.

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Daniyele Orsato (Italiya)

Qanot hakamlari: Alessandro Giallatini (Italiya), Chiro Karbone (Italiya)

Zaxira hakami: Daniyele Doveri (Italiya)

VAR: Massimiliano Irrati (Italiya)

VAR yordamchisi: Kris Kavenag (Angliya)

 

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 09:03, 29.09.2021.
O'qildi: 2332 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.