Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Spaletti jamoasini muhim bahs kutmoqda

Spaletti jamoasini muhim bahs kutmoqda

Baho:
+ | -

«Napoli» bosh murabbiyi Luchano Spalletti Yevropa Ligasi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan «Spartak»ga qarshi o‘yin oldidan jamoasining holati haqida gapirdi.

«Biz ayni dam tiklanish jarayonlarini boshdan o‘tkazmoqdamiz. Shifokorlar futbolchilarning holatini yaqindan kuzatib borishadi.

Futbolchilarning o‘zi tiklanish va tibbiy muolajalar muhimligini yaxshi bilishadi, bundan tashqari ular maydon tashqarisidagi rejimni yaqindan kuzatib borishmoqda.

Biroq buni jurnalistlar ko‘ra olmaydi. Agar sizda barcha qoidalarga amal qiluvchi futbolchilar bo‘lsa, ishlash ancha oson kechadi.

«Spartak» o‘z maydonida birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Ular sifatli o‘yin o‘tkazishdi, lekin 93 -daqiqada gol o‘tkazib yuborishdi.

Ertaga ular uchun turnirdagi eng muhim uchrashuv bo‘lishini kutyapman. Mag‘lubiyatga uchragan taqdirda, jamoa deyarli imkoniyatlaridan mahrum bo‘ladi. Bu uchrashuvga shu sababli yengil qarab bo‘lmaydi», — deydi Spaletti.

Kiritildi: 18:07, 29.09.2021.
O'qildi: 1300 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик