Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Jasur Yaxshiboyev «Real»ga gol urgan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi

Jasur Yaxshiboyev «Real»ga gol urgan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi

Baho:
+ | -

«Sherif» Chempionlar Ligasining 2-turidan o‘rin olgan o‘yinda safarda «Real»ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:1). Moldava klubining ilk goliga Jasur Yaxshiboyev mualliflik qildi. U 25-daqiqada chap qanotdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Shu tariqa 24 yoshli Yaxshiboyev «Real»ga gol urgan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.

Ungacha Maksim Shaskix «Dinamo Kiyev» safida Chempionlar Ligasining 2006/07 yilgi mavsumi guruh bosqichi doirasida Madrid klubiga qarshi o‘yinda dubl qayd etgandi. Kiyevda o‘tgan o‘yin 2:2 hisobida yakunlangan.

Qayd etish kerak, Shaskix «Real»ga qarshi bahslarning to‘rtinchisiga kelib gol urgandi. U buning uchun 283 daqiqa sarflagan. Jasur Yaxshiboyev esa «Real»ga qarshi ilk bahsidayoq gol urdi. Unga buning uchun 25 daqiqa yetarli bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Jasur Yaxshiboyev 1997 yilning 24 iyunida Toshkent viloyatining Chinoz tumanida tug‘ilgan. «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi hisoblangan Jasur 2020 yilda Belarusning «Energetik-BGU» jamoasiga o‘tgan. Minskliklar safidagi bir davrada 14 o‘yin o‘tkazib, 9 gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan Jasur yozda «Shaxtyor» safiga borib qo‘shildi. Mavsum yakunida Yaxshiboyev soligorskliklar safida Belarus chempioniga aylandi, shuningdek, u 16 ta gol bilan chempionat to‘purarlari jadvalida 2-o‘rinni egallaydi. 2021 yil boshida esa u Polshaning «Legiya» klubiga o‘tadi, biroq avgust oyining oxirida ijara asosida «Sherif»ga yo‘l oldi. Shartnoma 2021/22 yilgi mavsum yakuniga qadar tuzilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:34, 29.09.2021.
O'qildi: 11266 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик